Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda
19 avg 2019 14:25
Yangiliklar
Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasi peshqadamlikni davom ettirmoqda
Kuni kecha Janubiy Koreya K2 ligasida 24-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z maydonida "Busan I Park" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq o'ynadi. "Gvangju" 24ta turdan so'ng 51 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda. Ikkinchi o'rinda 46 ochko bilan "Busan I Park" bormoqda. Jamoa keyingi uchrashuvni 26 avgust kuni o'z uyida "Tedjon Sitizen" klubiga qarshi o'tkazadi.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 24-tur
"Gvangju" - "Busan I Park" 1:1
Gollar: Li Eu Deum 88 - Romulo 59.
Fikrlar