Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasi ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda
04 may 2019 13:35
Yangiliklar


Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasi ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda
Bugun Janubiy Koreya K2 ligasida 10-tur start oldi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z maydonida "CHonnam Dragons"ni qabul qildi.
Uchrashuvda maydon egalari hisobni ochishdi. Birinchi taym oxirida markaziy himoyachi Li Xan Do qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Bir kishi kam bo'lib o'ynagan "Gvangju" o'yin so'nggida yana bir gol ura oldi - 2:0. Ashurmatov mazkur o'yinda to'liq o'ynadi. "Gvangju" 10ta turdan so'ng 22 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 10-tur
"Gvangju" - "CHonnam Dragons" 2:0
Gollar: Li Eu Deum 10, CHo Ju Yung 87
CHetlatish: Li Xan Do 40 ("Gvangju").
O’xshash yangiliklar

Fikrlar