Janluka Di Marcio: “SHomurodovning Italiyadagi hozirgi bahosi 15 mln evro. Yozda "Sevilya" va "Borussiya D" u bilan qiziqishi mumkin”
17 fev 2021 19:45
Yangiliklar


Janluka Di Marcio: “SHomurodovning Italiyadagi hozirgi bahosi 15 mln evro. Yozda "Sevilya" va "Borussiya D" u bilan qiziqishi mumkin”
- Uni 7 yoki 8 mln.ga sotib olishgan. Uning Italiyadagi hozirgi narxi qanday?
- 15 million. Agarda “Jenoa” futbolchini hozirning o'zida sotishni istasa, u holda 15 million evro ishlab oladi. Aftidan, qaysidir klublar “Jenoa”ga taklif bilan chiqqan va uning narxi bilan qiziqishgan, bu esa 15 mln evro bo'lgan. Yani, 6 oy ichida 2 baravarga oshdi.
- Aqldan ozish mumkin.
- Piontekdan esa ko'proq pul ishlashdi. U 4,5 millionga keldi, olti oydan keyin “Milan” 35 mln.ga sotib oldi.
- “Yuve”dan unga kim qiziqqandi?
- “Yuve”, ha, shunaqasi bo'lgan. Yozda u “Borussiya D” va “Sevilya” kabi yosh va iqtidorli futbolchilarni sevadigan klublar uchun eng qiziqarli o'yinchilardan biri bo'lishi mumkin. SHomurodov ana shundaylardan biri”, degan jurnalist Nobel Arustamyan bilan suhbatda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar