Jamshid Saidov: "Yuriy Sarkisyan davridagi "Neftchi" yana qaytishiga umid qilaman"
29 okt 2016 18:53
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Yuriy Sarkisyan davridagi "Neftchi" yana qaytishiga umid qilaman"
"Neftchi" - "Buxoro" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi matbuot anjumanida qatnashdi.
"Bugun tarixiy g'alaba qo'lga kiritildi. Bu o'yin uchun futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislarimiz bizni uzoq yo'l bosib kelib qo'llab turishganlari uchun ularga alohida tashakkur izhor qilaman.
- Buxoroda nima sababdan muxlis juda ko'p? Bunga nima sabab?
- Aytish qiyin, sadoqatli muxlislarimiz borligidan g'ururlanamiz. Jamoamiz o'tgan mavsum so'nggi o'rinlarda borayotgan bo'lishsada Respublikamizning eng etakchilari bo'lishdi. SHu mavsum tarkibimiz kuchaytirildi, muxlislar oqimi yanada ko'paydi.
Penalti borasida nima deyishim mumkin, penalti 100 foiz to'g'ri belgilandi. Farhonalik futbolchilar ham bunga qarshilik ko'rsatishganlari yo'q.
Yuriy Sarkisyan davridagi "Neftchi" yana qaytishiga umid qilaman. Bu jamoa o'zbek futbolida o'z o'rniga ega.
Mezbonlardan Mansur Saidov va Sardor Rahmonovni alohida ajratib ko'rsatar edim. O'z futbolchilarimizning hammalari birdek harakat qilishdi va g'alabaga o'z ulushlarini qo'shishdi.
"Buxoro" matbuot xizmati

Fikrlar