So’nggi yangiliklar

17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  5 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  6 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  2 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  1 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  2 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  4 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Манба: Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  10 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  11 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1

Jamshid Saidov: "Nasaf" zarur paytda Rahmatovni jamoaga qaytara olardi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Nasaf" zarur paytda Rahmatovni jamoaga qaytara olardi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz o'xshamadi. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga tayyorlagan rejalarimiz bor edi. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'paydi, o'yinimizni kuchaytira oldik. Navoiydan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman.


- "Qizilqum" o'tgan uchrashuvlarda birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynayotgandi. Bugun esa aksi bo'ldi. Buni qanday izoxlaysiz?

- O'tgan uchrashuvlarda ikkinchi bo'limlardagi sust harakatlar uchun bizda ham savollar bor edi. Bugun hisobda ortda borayotgandik. SHu sababdan ham ikkinchi bo'limda hujumlarni kuchaytirmasak bo'lmasdi. Futbolchilarga motivaciya har doim kerak, tanaffusda ularni ruxlantirishga harakat qildik.

- Jamoangizning jismoniy holati yaxshiroq ekanini ko'rinayapti. Bu mashg'ulotda olib borilgan ishlar samarasimi?

- Albatta, mashg'ulotlarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida ishlaymiz. Hozir mavsumning kirish qismidamiz, barcha jamoalarda jismoniy holat bilan bog'liq muammo bor. Yigitlarga kuchli hohish va o'z-o'ziga bo'lgan ishonchning tasiri muhim hisoblanadi.

- Ikkinchi golda darvozabonning xatosi bor deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, o'yin jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan epizod. Agar darvozabon bir oz tezroq harakatlansa yoki to'p havoda sekinroq uchganida gol yuzaga kelmagan bo'lardi. Bu shunchaki 2-3 soniyada hal bo'ladigan vaziyat.

- Rahmatovni nega jamoada saqlab qolmagansizlar?

- Rahmatov "Nasaf" futbolchisi. Ko'rayapsizlar, asosiy tarkibda o'ynayapti. Biz istaganimiz bilan "Nasaf" zarur paytda bu futbolchini ortga qaytara olardi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика