So’nggi yangiliklar

12:39МЮ мухлислари бағрига шамол тегиши мумкин  1 12:14"Бока Хуниорс"нинг афсонавий мураббийи оламдан ўтди  0 11:55Марсело Бьелса: "Ўзбекистон ЖЧда иштирок этишининг ўзи катта натижа деб биламан. Ушбу йиғинда ҳар бир футболчининг имкониятларини кўриб олишимиз керак" (матбуот анжумани)  0 11:27Марсело Бьелса: "Ўзбекистон — мундиалга борадиган жамоа"  0 10:46МЮ раҳбари Аморимга 3 йил вақт берган  6 10:15"Нефтчи" собиқ мураббийи билан ҳисоб-китоб қилди  0 09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  19 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби  10 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  7 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  4 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  17 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  6 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1

Jamshid Saidov kechagi uchrashuvga "Qizilqum" nima sababdan bitta davvozabon bilan kelgani va legionerlardan foydalanmaganini tushuntirib berdi Yangiliklar

Jamshid Saidov kechagi uchrashuvga "Qizilqum" nima sababdan bitta davvozabon bilan kelgani va legionerlardan foydalanmaganini tushuntirib berdi

O'zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o'rin olgan "Mashal" - "Qizilqum" (1:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Oson o'yin bo'lmadi. O'zbekiston kubogi musobaqasida davom etayotganimizdan xursandman. Bugungi uchrashuvdagi mahorat uchun yigitlarga raxmat aytaman va tabriklayman. "Mashal" bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi, jamoa bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgani sezilib turdi. Birinchi davrada og'ir o'yinlarni ko'p o'tkazdik, tatilga chiqishgani sabab bugungi uchrashuvga kela olmagan futbolchilarimiz ham bor edi. Asosan yosh futbolchilardan iborat tarkib bilan bilan ushbu o'yinga etib keldik. Muxlislarga ham minnatdorchilik bildiraman.

- Uchrashuvning asosiy vaqtida har ikki jamoa ham teng o'yin ko'rsatdi. Biroq, qo'shimcha bo'limlarda "Qizilqum" g'alabani osonlik bilan qo'lga kiritgandek ko'rindi. Buni qanday izoxlagan bo'lardingiz? Jamoangizda qo'shimcha bo'limlar uchun alohida tayyorgarlik rejasi bormidi?

- Asosiy vaqtda haqiqatdan o'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Birinchi bo'limda hisobda oldinga chiqib oldik, ikkinchi bo'limda raqibni qarshi hujumda jazolamoqchi edik. Biroq vaziyat qo'shimcha bo'limlarga qadar etib bordi. Biz qo'shimcha bo'limlarda raqibga gol urish uchun imkoniyat bermaslikka intildik va o'z vaziyatlarimizdan foydalandik.

- "Qizilqum" bugun faqat bir nafar darvozabonni qaydnomaga kiritdi. Uning jarohat olish ehtimolidan cho'chimadingizmi?

- Albatta, bu katta tavakkal edi. Biroq, mavjud vaziyat tufayli shunga majbur bo'ldik. Yana bir darvozabonimiz betob bo'lib qoldi. 

- Legioner futbolchilarga tatil berilganmi?

- Ha, shunday. Legioner futbolchilar yozgi tatilga chiqishdi. Ular bir oz muddat oilalari davrasida bo'lishadi. To'g'risini aytganda, bor etiborimizni chempionat o'yinlariga qaratishni maqsad qildik. Biroq, bu degani kubok uchrashuvlari etibordan chetda qoladi degani emas. Mana shunday uchrashuvlar orqali yosh va o'yin amaliyotisiz qolayotgan futbolchilarni sinovdan o'tkazamiz. Maqsad o'zgarmaydi, har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga chiqamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика