Jamshid Saidov: "Jang” davom etadi"
27 okt 2015 13:13
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Jang” davom etadi"
“Buxoro” - “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan so'ng matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Buxoro” bosh murabbiyi Jamshid Saidov ishtirok etdi.
“Bugun futbolda omadning roli nechog'lik muhim ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik. Aql bovar qilmas vaziyatlardan foydalana olmaslik, faqat omadsizlik belgisidir. 7-8 bor yaqqol golli vaziyatlar sodir etib, ularning birongtasidan foydalana olmadik. Mehmonlar esa aksincha, yarimta vaziyatdan oqilona foydalanishdi va g'alaba qozonishdi.
Nima ham derdik, “jang” davom etadi. Biz bugungi o'yinni unutgan holda keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlashimiz kerak. Barchasi o'z qo'limizda, imkoniyat haligacha saqlanib turibdi. Bugungi o'yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, ular bugun borlarini berib harakat qilishdi. Ajoyib muxlislarimiz bor, ularga ham rahmat aytaman” - dedi Saidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar