Jamshid Saidov: "Gol ura olmaganimizga sabab "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi"
05 apr 2024 22:07
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Gol ura olmaganimizga sabab "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi"
O'yin haqida
- Birgina xato evaziga gol o'tkazib yubordik. Umumiy aytganda o'yinimiz yomon chiqmayotgandi. Oxirigacha kurashishgani uchun yigitlarga raxmat aytaman. SHuningdek, uzoq yo'l bosib kelib bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham raxmat.
- Dastlabki turlarni yaxshi boshlagandingiz. Keyin jamoa natijalarida pasayish kuzatilmoqda. Buni qanday izoxlaysiz?
- Natijalarimizni yomon deb bo'lmaydi. Safar o'yinida yutqazib qo'ydik. Umumiy o'yin bo'yicha hech bir raqibdan kuchsiz o'yin ko'rsatmayapmiz.
- Vaziyatlarni yakunlashda muammo bordek ko'rindi...
- Bo'lishi mumkin. Lekin bugungi o'yinda gol ura olmaganimizga sabab "So'g'diyona" yaxshi himoyalandi. Umumiy o'yin kartinasida biz ko'proq ustunlikka ega bo'ldik. Bitta xato qimmatga tushdi. Navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlikka kirishamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar