So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Jamshid Saidov: "Georgiev mavsum oxirigacha safdan chiqdi, Ayupov oilaviy sabablar bilan klubdan ketdi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Georgiev mavsum oxirigacha safdan chiqdi, Ayupov oilaviy sabablar bilan klubdan ketdi"

"Lokomotiv" - "Buxoro" (2:0) uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Jamshid Saidov qatnashdi.

"Biz oxirgi o'rindamiz, har bir o'yinga so'nggi uchrashuvga tushgandek tushayapmiz. Bugun O'zbekistonning eng kuchli klublaridan biri bo'lgan "Lokomotiv"ga qarshi o'ynadik. Ular ham, biz ham xato qilishga haqqimiz yo'q edi. Biroq mag'lubiyatga uchradik. Tarkibimizda bir qator jarohat olgan futbolchilar borligi ham pand berdi", - deydi Saidov.

- Aziz Ibragimov jarohat tufayli almashtirildimi?

- Taktikamiz bir hujumchi bilan qarshi hujumda o'ynash edi. Aziz raqib himoyachilarini bosimda ushlab turdi. Biroq jarohat tufayli uni almashtirishga majbur bo'ldim. 

- Birinchi bo'limda hisob 0:0 edi. Raqib penaltidan gol ura olmadi, ikkinchi bo'limda "Buxoro"ga nima etishmadi? 

- Bizga hujumdagi yakuniy zarba etishmadi. Aziz belidan jarohat oldi uni o'rniga Davlatov tushdi. Qarshi hujumda o'ynadik. Yigitlar har bir o'yinga o'zgacha shijoat bilan tushishmoqda. Oldinda 4ta tur bor.

- Jamoa oliy ligada qolishiga ishonasizmi?

- Oxirigacha kurashamiz. Buxorodek viloyatga oliy ligada klub kerak. Tarkibimizda yo'qotishlar juda ko'p: Georgiev mavsum oxiriga qadar safdan chiqdi, Antonyuk yaqinda jarohatidan qutuldi, Timur Ayupov oilaviy sabablar tufayli klubdan ketdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика