Jamshid Saidov: "G'alaba har doim yoqimli"
02 avg 2024 23:41
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "G'alaba har doim yoqimli"
O'yin haqida
- Ikkinchi davrani g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Og'ir o'yin bo'ldi. Yigitlarga xarakter uchun rahmat aytaman. Oldinda yana 12ta o'yin bor, har bir o'yinda sifatli o'yin ko'rsatib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Kubokda "Mashal" bilan o'yindan so'ng Siz "Qizilqum" Superliga ikkinchi davrasini Samarqanda o'tkazadi deb aytgansiz. Lekin bu jarayon amalga oshmadi, sababi nima?
- Futbolda shu kabi kutilmagan holatlar ham uchrab turadi. "Dinamo" stadionida "Surxon" uy o'yinlarini o'tkazishi malum qilindi. Nima ham derdik, tartib-qoidaga asoslangan holda futbol o'ynaymiz. Bizda Qarshidagi stadion uy o'yingohidek qadrdon bo'lib qoldi.
- O'yin davomida Ilhom Vahobovga qattiq etiroz bildirdingiz. SHuni izohini bersangiz...
- O'yin haroratida bo'ladigan jarayon bu. Biz murabbiylar shtabi bilan aniq reja asosida ishlaymiz. SHu safar o'xshamadi.
- "Bunyodkor" sizning jamoangiz uchun qulay raqib bo'lib qolayaptimi?
- O'sha statistikani men ham ko'rdim. "Bunyodkor" bu - to'g'risi, buyuk klub. Jamoa o'z nomiga, o'z maqomiga mos bo'lishi kerak.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar