Jamshid Saidov: "Biz uchun har bir ochko oltinga teng"
12 okt 2023 21:31
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Biz uchun har bir ochko oltinga teng"
"Birinchi bo'limda shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishib, ustunlik qilishdi. Ikkinchi bo'lim boshida esa o'z zararimizga penalti ishlab oldik. Amaliy jihatdan juda oddiy vaziyatda xato qildik.
Vaziyatlar yuzaga keltirdik, ammo foydalana olmadik. O'ylashimcha, yigitlar yaxshi taassurot qoldirdi, penalti ishladi.
Biz uchun har bir ochko oltinga teng. Afsuski, futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan gap bor.
SHogirdlarim harakat qilishdi, ular g'alaba qozonishni xohlagandi. Ammo kim ko'p xato qilsa, o'sha yutqazadi.
OKMKni g'alaba bilan tabriklayman. Ularda malakali jamoa shakllangan, saralangan futbolchilar jamlangan. Raqibimiz bejizga 5-o'rinda emas.
Iqtidorli futbolchilar o'z mahoratini ko'rsata olishdi. Bizda hali imkoniyat bor. Oldinda 4 ta o'yin bo'lsa, maksimal darajada kurashamiz.
Bizni shunday yomg'irli sovuq havoda qo'llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun ularning ishonchini oqlay olmadik. Xatolarni ko'rib chiqamiz, tahlil qilamiz va keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", — dedi Jamshid Saidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar