So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  8 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Jamshid Saidov: "Birinchi davradan so'ng kuchayishimiz aniq" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Birinchi davradan so'ng kuchayishimiz aniq"

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng (0:0) mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


"O'yin haqida hech narsa demoqchi emasman. Uchrashuv juda yaxshi o'tdi. Qarshi hujum orqali imkoniyatlar yaratishga urindik. CHunki “Navbahor” qanday o'ynashni bilishadi. Qolaversa, Namanganda o'ynadik. Bugun omad biz tomonda edi. Yigitlarga, shuningdek, uzoq yo'ldan bizni qo'llab-quvvatlashga kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Bugun etakchilardan ochko tortib olganimizdan xursandman.

Akaki haqida hozir hech narsa deya olmayman, lekn u birinchi bo'limda jarohat oldi. Bir necha kundan so'ng uning salomatligi haqida bilib olamiz. Uning jarohati sababli taktikamiz o'zgardi. CHunki u jamoa etakchilaridan biri sanaladi. Umid qilamanki, Akakining jarohati jiddiy bo'lib chiqmaydi. CHunki oldimizda birinchi davradagi OKMKga qarshi so'nggi o'yin kutib turibdi. Muxlislarimiz qarshisida bor imkoniyatimizni ishga solishimiz kerak. Boshqa o'yinlarga qanday tayyorgarlik ko'rsak, bunga ham shunday tayyorgarlik ko'ramiz.

SHogirdlarimning bugungi o'yinidan mamnunman. Rejalar haqida gapiradigan bo'lsak, selekciya ishlari olib borilmoqda, jamoaga yangi qon kerak. Mavsumni yaxshi boshlagandik, lekin birinchi davra so'ngida omad bizdan yuz o'girdi. O'ylashimcha, jamoa yomon emas. Ammo birinchi davradan so'ng kuchayishimiz aniq. 

"Navbahor" chempionlik uchun kurashadigan liderlardan biridir. Ular bilan ochiq futbol o'ynab bo'lmaydi. Bugun biz himoyalandik, ammo "Navbahor" tarkibida terma jamoaning yarmi jamlangan. Ularning aksariyati turli klublarda bir necha bor mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan. Raqib o'z maydonida o'yinni hamisha kuchli tarzda boshlashini bilardik. Ular dastlabki daqiqalardan pressingga urg'u berdi. Muxlislarning mezbonlarni qo'llab-quvvatlashi ham katta ahamiyatga ega. Biz  buni bilardik va shunga yarasha tayyorlandik. CHempionatda hamma bir-birini biladi. Muhimi, qiyin o'yinda ochko qo'lga kiritdik. 

Bugun bizga sovuqqonlik va mahorat etishmadi. Qolaversa, havo issiq bo'ldi, bu ham futbolchilarga tasir o'tkazdi", — dedi navoiyliklar ustozi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика