Jamshid Saidov: "Andijon" tarkibi endi shakllantirilmoqda"
16 may 2019 21:30
Yangiliklar


Jamshid Saidov: "Andijon" tarkibi endi shakllantirilmoqda"
“Andijon” – “Paxtakor” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov quyidagicha fikr bildirib o'tdi:
- O'zbek futbolining bayroqdor jamoalaridan biriga qarshi o'yin o'tkazdik. Yaxshi futbolchilardan tashkil topgan ajoyib jamoa. O'yin yomon bo'lmadi. Yigitlardan xursandman, ular maydonda borlarini berib harakat qilishdi. Qolaversa, Andijondan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan barcha ishqibozlarga tashakkur. Afsus, bugun imkoniyatni boy berdik. Endi kelasi bahslarga yanada jiddiyroq hozirlik ko'rishga urinamiz. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Jamoamiz yangi tashkil topgan desayam bo'ladi. Zero tarkib endi shakllantirilmoqda. Jamoa Pro-ligadan chiqdi. Bazi vaziyatlarda to'liq uzviylik biroz etishmayotgandek. SHunday xatolarni tuzatishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar