So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

Jamshid Iskanderov: "Oldindagi o'yinlarda chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "Oldindagi o'yinlarda chiroyli o'yin ko'rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz"

Janubiy Koreyaning "Seognam" klubida to'p tepayotgan hamyurtimiz Jamshid Iskanderov milliy terma jamoaning noyabr oyidagi yig'iniga taklif etildi.

Tajribali yarim himoyachi MTJga chaqiruv, Koreya chempionatidagi faoliyati va bo'lajak o'rtoqlik uchrashuvlari haqida O'FA matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"O'tgan yiginga taklif kela olmaganimni sababi klubim bilan bog'liq. Koreyada chempionat o'yinlari davom etayotgan edi, u erda shunday qoida bor mamlakatdan tashqariga chiqsangiz qaytib kelib o'n to'rt kun karantinda o'tirishingiz kerak. Baribir odam bundan ranjiydi. CHunki, milliy terma jamoaga kelish har doim yoqimli. Hozirda Janubiy Koreyada ichki chempionat bahslari yakunlandi. O'z yurtimga qaytib terma jamoa safiga qo'shilganimdan xursandman. 

Qisqa vaqt ichida mashg'ulotlar orqali sport formamizni tiklab olishga harakat qilamiz. Koreyadagi faoliyatim yaxshi kechmoqda. Boshida ko'nikishga 1-2 oy vaqt kerak bo'ldi. Jamoa rahbarlari, murabbiylar yaxshi qabul qildi. Yaxshi chiqishib ketdim. Barcha sharoitlar yaratilgan. Oldindagi uchrashuvlarda birdamlik bilan chiroyli o'yin ko'rsatishga va muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun o'ynaymiz", - deydi Jamshid Iskanderov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика