So’nggi yangiliklar

23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  4 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  6 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  4 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19

Jamshid Hasanov: "Xudo xohlasa, muxlislar qarshisida "Qo'qon-1912" jamoasini Superliga qaytarishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "Xudo xohlasa, muxlislar qarshisida "Qo'qon-1912" jamoasini Superliga qaytarishga harakat qilamiz"

"Qo'qon-1912" jamoasi himoyachisi Jamshid Hasanov "Mashal"ga qarshi kechgan uchrashuv, "Qizilqum" jamoasi va navoiyliklarga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik haqida fikr bildirib o'tdi.

O'tish o'yinida har doim har qanday jamoaga qarshi bo'ladigan bahs qiyin bo'ladi. Bunday bahslarda raqibning saviyasi haqidagi gap-so'zlar bo'lishi mumkin emas, doim bunday uchrashuvlar shiddatli bo'ladi. "Mashal"ga qarshi bahs qiyin bo'lishini bilardik. Biz bu ucharshuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik va muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik.

 "Qizilqum"da faoliyat olib borganman, ularni bilaman. Navoiyda yaxshi jamoa bor. Bizga bu uchrashuv "Mashal"ga qarshi o'yindan ko'ra biroz oson bo'ladi deb o'ylayman. Sababi uchrashuvni muxlislarimiz qarshida Qo'qonda o'tkazamiz. Xudo xohlasa, muxlislar qarshisida "Qo'qon-1912" jamoasini Superliga qaytarishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, biz 5-dekabr kuni "Qizilqum"dan muvaffaqiyatli o'tib, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

Tayyorgarliklar yaxshi o'tmoqda. Endi bitta qadam qoldi. Endi bor kuchlimiz bilan oxirgi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.O'ylaymanki, ushbu tayyorgarliklarimiz oxirgi o'yinda ham samarasini beradi va qo'qonlik muxlislarni xursand qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика