So’nggi yangiliklar

15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  9 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  9 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  3 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7

Jamshid Hasanov: "Mashal" va Muborak mening ikkinchi uyim edi" Yangiliklar

Jamshid Hasanov: "Mashal" va Muborak mening ikkinchi uyim edi"

Yangi mavsumni "Qo'qon-1912" jamoasida boshlaydigan Jamshid Hasanov sobiq klubi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- Men bir necha yil avval, Aniqrog'i 2012 yilda Yangier jamoasidan Mashal safiga qo'shilganman. Mana besh mavsum mobaynida gazchilar safida to'p tepdim, Muborakda ko'plab do'stlar ortirdim futbol sir asrorlarni o'rgandim, - deydi Jamshid Hasanov.

- Mashalni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?
- Hech qanday jiddiy sabab yo'q, o'zimni boshqa jamoada sinab ko'rmoqchi bo'ldim xolos.

- Qo'qon-1912 jamoasiga sizni kim taklif etdi?
- No'mon aka Hasanov taklif etdi, boshqa takliflar ham bor edi. Ammo men Qo'qon-1912 jamoasini tanladim, o'ylaymanki bu qarorim to'g'ri bo'ldi.

- Siz uchun Mashalda qadrli nima qoldi?
- Mashal va Muborak mening ikkinchi uyim edi. Axir besh yil bu erda o'ynadim, butun jamoa mening qadrdon do'stlarim o'z oilamdek edi. Men uchun Mashal jamoasi hamisha qadrlidir. Qachondir yana Muborakda to'p tepishimga ishonaman.



- Gazchilar tarkibidagi eng kuchli futbolchi kim deb o'ylaysiz?
- Qiyin savol, Mashal o'zi kuchli jamoa bunga o'tgan mavsumda, Bunyodkor bilan bo'lgan ikkita bahsda durang, Buxoro har ikki bahsda mag'lub etildi. Qolaversa Nasaf ham Muborakda ojiz qoldirildi. Bulardan tashqari Paxtakor aynan Mashal bilan bahsdagi durang tajidan keyin, mavsumni medallarsiz yakunlashga majbur bo'ldi.

- Muborak xalqi va Mashal muxlislariga tilaklaringiz.
- Avvalo klub rahbariyati hususan, Ilhom Qurbonovga hamda barcha mutasaddi rahbarlar, jamoadoshlarimga o'z minnatdorchiligimni bidirib qolaman. Mashalga omad yor bo'lsin jamoa yana OCHL musoboqalariga qaytsin. Muborak xalqiga hamisha tinchlik xotirjamlik, xonadonlaridan fayz baraka arimasin. Men hamisha Mashal va Muborak halqi bilan birgaman.


Mashal matbuot xizmati

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика