Jamshid Hasanov: "Hozir raqiblarimiz nomiga yoki tarkibiga qarashga imkonimiz yo'q"
11 apr 2016 14:00
Yangiliklar
Jamshid Hasanov: "Hozir raqiblarimiz nomiga yoki tarkibiga qarashga imkonimiz yo'q"
Muborakda bo'lib o'tgan "Mashal" - "Navbahor" 2:1 uchrashuvidan so'ng futbolchimiz Jamshid Hasanov o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir biz uchun har bir o'yin finaldek o'tmoqda. Maydonga tushish oldidan qaysi klub yoki futbolchilarga qarshi kurashish kerakligini ahamiyati qolmagan. "Navbahor" hurmatga loyiq jamoa lekin vaziyat bizda og'irroq edi. Har safar alamli mag'lubiyatlar jamoani tushkun kayfiyatga keltirib qo'ygan edi. "Bunyodkor" va bu o'yindan so'ng barchasi iziga tushadi deb umid qilaman. "Lokomotiv" bilan qiyin o'yin bo'ladi lekin uddalab bo'lmaydigan ish yo'q.
Jamoamiz 2014 yilgi mavsumda yaxshi taktik usulda o'yin olib borgan edi. Biz shu o'yin uslublariga tayangan holda maydonga tushdik. Bu natija berdi" , - deydi Jamshid Hasanov.
"Mashal" matbuot xizmati
Fikrlar