So’nggi yangiliklar

17:37CAFA: Малайзия нотўғри иш қилди. Турнир саналари аввалдан эълон қилинган эди  3 17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  13 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16

Jamshid Boltaboev: "CHiroyli o'yin ko'rsatish faqat maydondagi futbolchiga bog'liq emas" Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: "CHiroyli o'yin ko'rsatish faqat maydondagi futbolchiga bog'liq emas"

Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Superliganing 20-turida Bekobodning "Metallurg" jamoasini qabul qildi va 2:0 hisobida g'alabani tantana qildi.

O'yindagi birinchi golga jamoaning yarim himoyachisi Jamshid Boltaboev mualliflik qildi. U gol urishdan tashqari mezbonlarning hujumlarini boshlashda faol harakat qildi va tayanch yarim himoyasida ishonchli o'yin ko'rsatdi. SHu munosabat bilan saytimiz ijodkorlari Jamshid Boltaboevni 20-tur ramziy terma jamoasiga kiritishga qaror qilishdi. Biz bu borada uning fikrlari bilan qiziqdik. 





- Championat.asia sayti tomonidan 20-tur ramziy terma jamoasiga kiritildingiz. Ushbu xabarni qanday qabul qildingiz? "So'g'diyona" uchun "Metallurg"ga qarshi bahs qay darajada qiyin o'tdi?

- "Metallurg"ni 2:0 hisobida yutganimiz bilan oson o'yin bo'ldi, deya olmayman. Ularni hamon kuchli jamoa sifatida ko'raman. Garchi so'nggi turlarda muvaffaqiyatziliklarga uchrashayotgan bo'lsada, bu hech narsani anglatmaydi. Bu jamoa safida o'zim bilgan 3-4 nafar yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Tezkor urib olganimiz uchun ilk daqiqalardan katta tashabbusga ega bo'ldik, deb o'ylayman. Tur ramziy terma jamoasiga kirganimdan xursandman. Bunda etirof futbolchiga o'ziga hos motivaciya beradi. Menimcha buni barcha o'yinchilar istaydi.

- "So'g'diyona" bunga qadar so'nggi marotaba  17-turda "Surxon" bilan bahsning 38-daqiqasida raqib darvozasini ishg'ol qilgandi. SHundan keyin ikkita o'yinda gol ura olmagan edi. O'sha bahslarda jamoa o'z darajasida o'ynamadimi yoki bu raqiblarning saviyasi tenglashayotganidan dalolatmi?

- Ushbu savolingizga "So'g'diyona" o'z darajasida o'ynay olmadi, deb bemalol ayta olaman. So'nggi turlarda o'yinimizda qandaydir pasayish kuzatildi.  Balki turnir jadvalidagi o'rnimizni yo'qotib qo'yishdan qo'rqibmi yoki ishonch pasaydimi bilmadim. Jamoaning kuchini bilganim uchun buni gapiryapman. "Metallurg" bilan o'yindan keyin o'zimizga bo'lgan ishonch qaytdi. Bundan buyon o'zimizga kerakli ochkolarni yig'ish va g'alaba uchun maydonga chiqamiz. 

- "Metallurg" futbolchilarida ruhiy tomondan pasayish bo'layotgani bor gap. Mazkur jihat maydonda sizga qanchalik sezildi?

- Men bunday fikrda emasman. CHunki maydonda o'yin vaqtida bunday omillar chetga chiqadi. Hammaning etibori uchrashuvda bo'ladi

- Jamoa ko'rsatayotgan o'yin oldingi yillardan farqli ravishda o'zgargan. Ko'p gollar, ochiq futbol ko'rayotganimiz yo'q. Bu uslub o'zgargani bilan bog'liqmi? 

- Hamma jamoaning o'z o'yini uslubi bo'ladi. Qaysidir klub natija uchun, yana qaysidir jamoa chiroyli o'yinni ustuvor ko'radi. Biz faqat natija uchun o'ynamoqdamiz, demayman. O'yin qanday kechishiga qarab bo'lyapti. CHiroyli futbol ko'rsatish faqat maydondagi futbolchilarga bog'liq narsa emas. Maydonning holati ham bunda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan bizning o'z maydonimizda siz aytayotgan "Paxtakor",  "Nasaf" yoki "Bunyodkor" ham qiynaladi. O'zi istagan o'yinni ko'rsata olmaydi. "So'g'diyona" uchun chiroyli futbol ham, natija ham zarur. Jamoaning oxirgi yillardagi natijalariga etibor qaratsangiz yildan-yilga o'sayotganini ko'rishimiz mumkin. 2019 yil 4 o'rin, 2020 yil 6 o'rin, 2021 yil 2 o'rinda ketmoqdamiz. Oldin Superligada qolish uchun kurashardi. Hozir esa vaziyat o'zgargan va sovrinli o'rinlar uchun intilmoqdamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Coca Cola Superliga. Norchaev, Temirov, Jaloliddinov va boshqalar: 20-tur ramziy terma jamoasi


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика