So’nggi yangiliklar

17:49"Манчестер Юнайтед" янги мавсум учун меҳмон либосини тақдим этди  0 17:20"Реал" Саудия Арабистонида ўйнаётган футболчини сотиб олмоқчи   0 16:56"Реал" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 16:30"Барселона"нинг Ольмо бўйича таклифи "Лейпциг"ни қониқтирмади  2 16:05"Дўстлик" энди рақибларини "Пахтакор" стадионида қабул қилади  6 15:44"Биз Испаниядан кучсиз эмасдик" — Аббос Файзуллаев  19 15:22"Фулхэм" "Арсенал" футболчиси бўйича таклиф билан чиқди  2 14:59"Манчестер Сити" Хулиан Альвареснинг нархини белгилади  3 14:36"Рома" янги стадион лойиҳасини намойиш этди  1 14:13Алексис Санчес "Удинезе"га қайтиши мумкин  2 13:49"Нефтчи" ва "Навбаҳор"га ўрнатилган тақиқ кучида қолди. Ушбу клублар ёзги трансфер ойнасида хорижлик футболчини рўйхатдан ўтказа олмайди   16 13:25Савич Туркия топ-клубига ўтди  1 13:02Клублар ўртасидаги ЖЧнинг 32 иштирокчисидан 29 таси аниқ!  11 12:39"Ўзбекистоннинг ўйини мен учун кутилмаган воқеа бўлмади" — Испания олимпия термаси устози  21 12:15"Челси" Испаниядан дарвозабон топди  2

Jamshid Asadov: “Bolalar futboliga berilgan etibor va yaratilgan sharoit bu kelajak mevasi” Yangiliklar

Jamshid Asadov: “Bolalar futboliga berilgan etibor va yaratilgan sharoit bu kelajak mevasi”

Bundan bir yil oldin mamlakatimizni bir yangilik larzaga solgandi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi Jahon chempioni bo'lgandi. O'sha mundialda terma jamoamiz bosh murabbiyi bo'lgan va bugungi kunda Jahon Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan Jamshid Asadov bilan intervyu qilishga qaror qildik.

- Jamshid aka, avvalo murabbiylik faoliyatingizni qachon boshlagansiz va nega aynan mehribonlik uyida murabbiylikni boshladingiz?
- 2015 yilda oliy o'quv yurtini tamomlab Toshkent shahar 23-sonli Mehribonlik uyiga jismoniy tarbiya yo'riqchisi lavozimiga ishga kirdim. Nega aynan Mehribonlik uyi? Menimcha bu taqdir. Yaratgan bu dargohga hech kimni shunchaki jo'natmaydi deb o'ylayman. Ishni boshlashimda ikkilanish bo'ldi. Ishlay olamanmi, bolajonlar bilan til topishamanmi, salohiyatim etarlimi degan xavotirda edim. Vaqt o'tib, bolalar bilan yaqidan tanishdim, futbol jamoasi tuzdim va ikkilanishlar o'z o'zidan yo'qoldi. Bu erda tarbiya topayotgan bolalar bilan ishlashda eng asosiysi ularning ko'ngliga yo'l topishdan boshlanadi. Keyin esa ularni ishontira olish va qiziqtirish asosiy rol o'ynaydi deb o'ylayman. Mehribonlik uyidagi bolalarni ko'zi yonib turishini ko'rish so'z bilan ifodalash qiyin. Maqsadimiz nafaqat ularga futbolni o'rgatish balki shu yo'l orqali o'zlarini kelajakdagi yllarini topishda yordam berish. Nafaqat mehribonlik uylari balki Respublikada futbolni rivojlashtirishga o'z hissamizni qo'shish asosiy vazifa edi. Bu yo'l bilan esa oz bo'lsada maqsadmizga etdik deb o'ylayman. So'zimni isboti sifatida bugungi kunda ikki nafar tarbiyalanuvchilarimiz O'zbekiston futzal chempionatida AGMK va “Lokomotiv” klublarida faoliyat olib borishmoqda. Bundan tashqari, futzal bo'yicha yoshlar terma jamoasiga ham chaqiruv olishdi. Yana bir futbolchimiz “Sergeli” FK da to'p tepmoqda. Yildan-yilga iqtidorli yoshlar safi kengayib bormoqda va bundan juda xursandman.

Bu kunlarga etib kelish oson bo'lmadi. Bir qancha qiyinchililardan o'tishimizga to'g'ri keldi. SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan barcha insonlarga rahmat aytaman. Bu oliyjanob insonlarni yordamisiz bu kunlarga etib kelish qiyin bo'lar edi.



- Jahon chempionatida g'alaba bilan qaytdingiz. Yurtdoshlarimiz esa buni katta xursandchilik bilan qarshi olishdi. Jahon chempionatidagi ishtirokingiz va taassurotlaringiz bilan bo'lishsangiz?
- Jahon chempiontiga kelsak buni o'zi ham bir tarix.Jahon chempionati boshlanishiga bir oy qolganda baxtli tasadif tufayli ishtirokchiga aylandik. Vaqt tig'izligi sababli men terma jamoa azolarini taxminiy va tavakkal qilib bergan edik. SHunga qaramay Xudoga shukrki ishonch bildirgan futbolchilarning hammasi 100% ishonchni oqlashdi. Jahon chempionatida har bir o'yinni final kabi o'tkazdik. Maqsad esa faqat chempion bo'lish edi. Final uchrashuvida g'alaba qozondik. Bu holatni so'z bilan ifodalash qiyin. Butun jamoa kimdir kular edi, kimdir yig'lar edi, kimdir sukut saqlar edi. Buning hammasi quvonchdan edi. Bizni butun O'zbekiston qo'llab-quvvatlab turganini sezar edik. Futbolchilarda jahon chempionatidan so'ng qiziqish va harakat yana kuchaydi. Hozirgi kunda mehribonlik o'yida shug'ullanayotgan yigitlarning barchasi terma jamoa azosi bo'lish istagida o'z ustilarida ishlamoqda.

- Bir necha kun oldin Tojikistonda halqaro musobaqada ishtirok etdingiz. Ushbu turnir haqida qisqacha fikr bildirsanigiz?
- Tojikistondagi turnir haqida biz Moskvadagi jahon chempionatida tojikistonlik do'stlarimiz bilan kelishib olgan edik. Ular yigitlarimiz ko'rsatgan o'yindan so'ng ruxlanib, bizni Tojikistonga taklif qilish istagi borligini aytgan edi. SHu oyning boshida O'zbekiston futbol associaciyasiga Tojikistonda xalqaro turnir bo'yicha taklif bo'ldi va bunga ijobiy javob berildi. Tojikistonda ananaviy o'tkazilib kelinayotgan mehribonlik o'yi tarbiyalanuvchilari o'ratasida bu turnir halqaro turnir bo'lib, unda biz birinchi bor ishtirok etdik. Turnir finalida O'zbekiston-Tojikiston (4:0) hisobi qayd etili va biz g'alaba qozondik. Xalqaro turnirda jahon chempionatida ishtirok etmagan yigitlarni jalb qildik chunki bu turnir biz uchun Jahon Kubogiga tayyorgarlikni bir qismi bo'lib xizmat qildi.



- SHu yil iyul oyida Polshada mehribonlik o'yi tarbiyalanuvchilaridan tashkil topgan terma jamoalar o'rtasida Jahon Kubogi bo'lib o'tadi. Milliy terma jamoamiz ushbu halqaro musobaqaga qay darajada tayyorgarlik ko'rmoqda?
- O'FA va Xalq talim vazirligi bilan kelishgan holda aniq dastur bo'yicha tayyorgarlikni sentyabr oyidan boshladik. Avvaliga Toshkent shaxar ,Toshkent viloyati, Sirdaryo viloyatlarida selekciya ishlarini katta murabbiy Aziz Qosimov bilan birga olib bordik. Tanlab olingan futbolchilar bilan Turkiyada 10 kunlik o'quv -yig'inini o'tkazdik. SHundan so'ng mart oyida boshqa viloyatlarda ham mehribonlik uylarida bo'lib selekciya ishlari olib borildi. Tanlab olingan 18 nafar futbolchini 24 apreldan 5 maygacha CHig'atoy terma jamoalar markazida 10 kunlik o'quv- yig'inini davomida sinovdan o'tkazamiz va shundan so'ng Jahon Kubogiga boradigan aniq tarkibni aniqlab olamiz. O'quv- yig'inlari va Jahon Kubogi bilan bog'liq masalalarda O'FA birinchi vice prezidenti Umid Ahmadjonov har tomonlama qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Selekciya ishlarini o'tkazishdan asosiy maqsadimiz barcha iqtidorli yoshlarga imkoniyat berish, terma jamoada sog'lom raqobatni yuzaga keltirishdan iborat. Terma jamoada xech kimga joy kafolatlanmagan. Kim kuchli bo'lsa usha futbolchi terma jamoa azosiga aylanadi.

Umuman olganda O'zbekiston istdodli futbolchilarga boy. Ularni izlab topib to'g'ri yo'nalishda yo'naltirsak kelajakda biz bemalol Osiyo grandlari qatoriga qo'shila olamiz. Hozirgi kunda klublarimiz o'z akademiyalarini tashkil etib kelmoqda. 5-6 yilda albatta o'z mevasini beradi. Potencial jihatdan hech bir Osiyo grand terma jamoalardan kam emasmiz. Aksincha ulardan ustun taraflarimiz bor. Bolalar futboliga berilgan etibor va yaratilgan sharoit bu kelajak mevasi.



- Ko'pchilik sizni kuchli ruhshunos deb biladi. Yosh futbolchilarni qanday ruhlantirasiz?
- To'g'risi nima deyishni ham bilmayman (kulib). O'zim sport-psixoligiya yo'nalishini tugatganman va bu soha ishda menga ko'p qo'l keladi. Hayotda o'zim maksimalistman va futbolchilardan ham maksimal natijani talab qilaman. Hozirgi futbolda ruxiy tayyorgarlik birinchi o'rinda desam adashmagan bo'laman. Mehribonlik uyida Superliga klublari va taniqli futbolchilar bilan ko'plab master-klasslar va uchrashuvlar tashkil qilib kelamiz. Quvonarlisi barcha klub va futbolchilar taklifimizni rad etmay o'z vaqtlarini ajratib mehribonlik uyiga tashrif buyurishadi va biz ham Superliga o'yinlarini bevosita stadionlardan ko'zatamiz. Bu ham yoshlarimizni futbolga bo'lgan mehrini oshiradi.

- Qaysi murabbiylarga havas qilasiz va murabbiy sifatida rejalaringiz qanday?
- CHet el murabbiylaridan Joze Mourinyu mening kumirim. Uni kuchli mutaxassis deya olaman. O'zbekistondagi murabbiylardan Vadim Abramov , Timur Kapadze, Nodir Eliboev , Jamshid Saidov kabi mutaxassislardan maslahat olaman. Ular xech qachon maslahatlarini ayamaydi va doimo yordamga tayyor.

Murabbiy sifatida rejalarim ko'p. Niyatlarim yuksak. SHu kunga etishishimga ota-onamning maslahatlari va duolari bilan etishganman. Xudo xohlasa murabbiylik sohasida o'z bilim va tajribamni oshirib, etuk murabbiyga aylanishni istayman. Bu sohada hali ko'p bilim va tajriba orttirishim kerak.

Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan bu kabi bolalarga yaratilayotgan etibor judayam yuksak. O'zbek xalqi bolajon halq. So'zim so'nggida bizni qo'llab-quvvatlab kelayotgan Xalq talim vazirligi , “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Oq-tepa” futbol klublariga va barcha yurtdoshlarimizga terma jamoamiz nomidan raxmat aytaman. Xudo xohlasa, Jahon Kubogini qo'lga kiritib xalqimizga quvonch ulashamiz degan umiddaman.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика