So’nggi yangiliklar

12:25"Бешиктош"га янги мураббий тайинланди  0 12:01Шотландия клуби Қозоғистон терма жамоасининг икки футболчисини кузатмоқда  0 11:37Эдерсон 13-14 млн евро эвазига "Фенербахче"га ўтмоқда — Here We Go!  1 10:45"Милан" Адриен Рабьони сотиб олади  0 10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  3 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  7 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  6 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  23 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  36 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  3 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  4

Jampero Ventura ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

Jampero Ventura ishtirokidagi matbuot anjumani

Italiya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Jampero Ventura "skuadra adzurra" boshqaruvidagi o'zining dastlabki matbuot anjumanida qatnashdi.


- Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ish boshlayotganimdan va "skuadra adzurra"ni boshqaruvida bo'lib turganimdan faxrlanaman.

Antonio Kontega menga ajoyib jamoani qoldirib ketgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Meni oldimda ko'p vaqt yo'q. SHu bois jangga tayyor va yaxshigina "qurollangan" jamoani qabul qilib olish menga qo'shimcha ustunlik beradi. Bu jihat albatta foydaga ishlashi kerak.
Evropa chempionati jamoa manfaati va oliy maqsad yo'lida birlashish katta muvaffaqiyatlarning "kaliti" bo'lib xizmat qiladi.

Har qanday o'yin uslubidan to'g'ri foydalanilsa, bu albatta o'z mevasini beradi. Qachonki sen bir ishni to'g'ri bajarmasang, unda hech qanaqasiga zafar qucha olmaysan.

Kerakli natijaga erishmoqchi bo'lsang, unda individual mahoratga emas, jamoaviy o'yinga ishonmoq lozim. Barcha bir yo'lda birlashib harakatlanmog'i zarur bo'ladi.

Konte tanlagan uslub natija ko'rsatish uchun juda muhim edi. Biz endi buni yanada yaxshilash ustida bosh qotiramiz.

Mening o'yin sxemam? Futbolda bir xillik bo'lmaydi. Bu sport turida rang-baranglik muhim. Italiya terma jamoasida hozirgi kunda bir qator vinger futbolchilar mavjud.
Dastlabki maqsad va vazifa bu Rossiyada bo'ladigan mundialda qatnashish. Buning uchun esa JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritish lozim.

Asta-sekinlik bilan o'sib borishimiz uchun biroz sabr kerak bo'ladi.

Barcali? Men hali ushbu futbolchi bilan gaplashganim yo'q. SHunisi aniqki, Andrea terma jamoa uchun mos tushadigan himoyachi. Lekin 33-34 yoshli futbolchi yaqin 1-2 yilda foyda berishi mumkin, ammo kelajak uchun emas.

Ayni paytda Italiyada kelajagi porloq yoshlar bor. Masalan Romanoli.

Balotelli? Mario bilan ham boshqa futbolchilar bilan qanday munosabat qilsak shunday bo'lib qolaveradi. Avvalo Balotelli o'ynashi kerak va professional bo'lmog'i darkor.

Men buyog'iga faqat Evropa chempionatida qatnashgan futbolchilarga emas, boshqa bir qator nomzodlarga ham etibor qarataman. Markizio, Veratti, Perin va Donnarumma singari futbolchilar ham terma uchun muhim sanalishadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика