So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  8 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

Jamoasining ikki golini yaratgan yarim himoyachi, o'z seyvlari bilan "Nasaf" engilishiga hissa qo'shgan kiper - Superligada 15-tur laureatlari Yangiliklar

Jamoasining ikki golini yaratgan yarim himoyachi, o'z seyvlari bilan "Nasaf" engilishiga hissa qo'shgan kiper - Superligada 15-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

"Turon" posboni Rahimjon Davronov "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Yaypanliklar darvozaboni ortda qolgan turda qator seyvlarni amalga oshirib, chempionat favoritlaridan biri "Nasaf" klubi mag'lub etilishida muhim rol o'ynadi. Mahoratli futbolchi ishonchli o'yini evaziga uchrashuvni yuqori notada o'tkazdi va tur darvozaboni deb tan olindi.


"Olimpik" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov "Championat.asia" talqinida 15-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Maydonda o'zining aniq harakatlari bilan ajralib turgan Jasur Jaloliddinov "So'g'diyona" bilan o'yinda nafaqat o'zi penalti ishladi, balki uni samarali amalga oshirdi. SHuningdek, aynan Jasur "Olimpik"ning birinchi golida zargarona uzatmasi bilan Mamasidiqovni qulay nuqtaga chiqarib yubordi.


OKMK futbolchisi Siyavash Haqnazariyning "Bunyodkor" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 15-turning eng chiroyli goli (VIDEO)deb tan olindi. 

Olmaliqliklar legioneri "qaldirg'ochlar" bilan uchrashuvning 62-daqiqasida markazda raqib xatoga yo'l qo'yishiga majbur qildi va chamasi 35 metrni to'p bilan bosib o'tib, ajoyib zarba yo'lladi. Bunday vaziyatda Suhrob Sultonov hech nima qila olmasdi.



"Turon" bosh murabbiyi Yorqin Nazarov "Championat.asia" talqiniga ko'ra 15-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

Yaypanliklar ushbu turda o'z uyida "Nasaf"ni mag'lubiyatga uchratishdi (1:0). Nazarimizda, nafaqat omad, balki jamoa ustozining bahsga to'g'ri taktika tanlagani g'alaba omili bo'ldi. 

Umuman olganda, chempionatda jon saqlash uchun kurashishi taxmin qilingan "Turon" Yorqin Nazarov boshqaruviga o'tgach, hamon mag'lub bo'lmadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика