So’nggi yangiliklar

09:46"Андижон" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолаши мумкин  2 09:11"Навбаҳор"нинг Аброр Исмоилов олдида қанча қарзи борлиги маълум бўлди  6 08:32"FourFourTwo" "Барселона" тарихидаги энг яхши футболчилар рейтингини тузди  11 08:13Райс мухлисларнинг норозилиги ҳақида: "Бу менга ёқмади. Мадуэке ҳали нималарга қодирлигини кўрсатади"  0 01:48Камавинга ва Себальоснинг "Реал"даги тақдири маълум бўлди  0 01:15"Атлетико" Линони 25 миллион еврога сотиб юборди  0 00:55Азиз Холмуродов: "Бизнинг ёш тоифасидаги энг кучли терма - Япония"  2 00:43Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  0 00:11Конференциялар лигаси саралаши. "Сабаҳ" сафарда ишончли ғалаба қайд этди, Раҳмоналиев майдонга туширилмади  2 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" қийин ғалаба қайд этди, Шомуродовдан дебют  17 23:36Breaking! "Зўр ТВ" ЖЧ-2026 трансляция ҳуқуқини сотиб олди!  19 23:13Тер Штеген операция қилинади  1 22:59Конференциялар лигаси саралаши. "Астана" дуранг ўйнади, "Актобе"дан кичик ҳисобда ғалаба  1 22:18"Қизилқум" халқаро ўртоқлик учрашувида дуранг қайд этди  0 21:47"Арсенал" 15 миллионлик трансферини эълон қилди  2

Jamoasini 2 ta muqarrar goldan saqlab qolgan posbon, "Neftchi" darvozasini jarimadan ishg'ol qilgan futbolchi - Superligada 12-tur laureatlari Yangiliklar

Jamoasini 2 ta muqarrar goldan saqlab qolgan posbon, "Neftchi" darvozasini jarimadan ishg'ol qilgan futbolchi - Superligada 12-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

OKMK posboni Botirali Ergashev "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. 

Olmaliqliklar darvozaboni ortda qolgan turda jamoasini 2 marta muqarrar goldan saqlab qoldi. Uning ikkinchi seyvidan keyin OKMK hujumga o'tib ketdi hamda uchinchi golni urib, hisobni mustahkamladi. Umuman, Ergashev OKMKning ishonchli hisobda g'alaba qozonishida (3:1) katta rol o'ynadi.


"Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran "Championat.asia" talqinida 12-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.  

Tajribali futbolchi o'z harakatlari bilan o'yin davomida ajralib turdi. CHeran yana bir marta "klass"ini namoyish qilib, "sher"lar foydasiga g'alaba olib keldi. Bundan tashqari, hujumchi bahs davomida himoyaga qaytib, mudofaa vakillariga yordamlashdi va standartlardagi ikkinchi qavatda ko'p marta raqiblardan ustun keldi.


"Qizilqum" yarim himoyachisi Islomjon Toshpo'latovning "Neftchi" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 12-turning eng chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi. 

Navoiyliklar azosi "Neftchi" bilan uchrashuvda jarimadan kuchli zarba yo'llab, Vladimir Nazarovga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va muvozanatni tikladi.


"Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev "Championat.asia" talqiniga ko'ra 12-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi.

"Bunyodkor"ga qarshi o'yindagi voqeliklar tufayli 5 ta o'yinga chetlashtirilgan qarshiliklar ustozi jamoasini Jizzaxdagi bahsga yaxshi tayyorlagani bilindi. "Nasaf" mehmonda o'ynaganiga qaramay, muhim 3 ochkoni qo'lga kiritdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика