"Jamoaga 12 nafar yangi futbolchi sotib olinsa, murabbiy ishi ham osonlashadi". Kuman "Barsa"da Xavining faoliyati haqida
08 fev 2023 17:35
Yangiliklar
"Jamoaga 12 nafar yangi futbolchi sotib olinsa, murabbiy ishi ham osonlashadi". Kuman "Barsa"da Xavining faoliyati haqida
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoaning bu mavsumdagi o'yiniga baho berdi va yangi futbolchilarning bundagi hissasiga etibor qaratdi.
"Barsa" La Ligada "Real Madrid"ni 8 ochkoga ortda qoldirib, etakchilik qilmoqda, bundan tashqari Xavi qo'l ostida jamoa Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritib ulgurdi.
"Barselona"ning ishlari joyida. Men klasikoni tomosha qildim – ular shunchaki ajoyib futbol namoyish qilishdi. Ammo, ha, qo'l ostingdagi jamoaga 10-12 nafar yangi futbolchi sotib olinsa, barchasi osonlashadi. Barchasi jamoa sifatiga bog'liq – mening davrimda tarkib biroz boshqacharoq edi", - dedi Kuman "Andy van der Meijde" "YouTube" kanaliga intervyuda.
Ronald Kuman 2020 yil avgustidan 2021 yil oktyabrigacha "Barselona"ni boshqargan. Mutaxassis qo'l ostida "ko'k-anorranglilar" birorta sovrin yuta olmadi. Keyin esa Kumanning o'rniga Xavi taklif etildi.
Fikrlar