So’nggi yangiliklar

01:39А Серия. "Рома" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  0 00:56"Реал" афсонаси билан шартномасини бир йилга узайтиради  3 00:322016 йилги Golden Boy соҳиби ва Европа чемпиони ПСЖга қайтади  0 00:13Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" меҳмонда "Галатасарой"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Турғунбоев эса...  0 23:30Серия А. "Милан" - "Женоа" 3:3   0 23:25Бундеслига. "Айнтрахт" - "Байер" 1:5   0 23:20АПЛ. "Ливерпуль" - "Тоттенхэм" 4:2   0 23:15АПЛ. "Челси" - "Вест Хэм" 5:0   0 23:10Серия А. "Кальяри" - "Лечче" 1:1   0 22:47Александр Стоймирович: "Таркибимизда йўқотишлар бор"  0 22:45Самвел Бабаян: "Исталган жамоа Наманганга келганида ҳимоявий услубда ўйнайди"  16 22:25АПЛ. "Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" ўртасидаги ўйинда 6та гол урилди!  14 22:07Гнабри "Реал" билан ўйин олдидан: "Ўйинни ўлдириш керак"  4 21:42Илёс Зейтуллаев: "Ҳозир камроқ гапириб, кўпроқ ишлашимиз керак"  16 21:23Роналду "Интер Майами"га ўтиши мумкин — журналист Абдулазиз Ал Осаими  22

"Jamoada jonimni berib o'ynamoqdaman. Lekin bizni noto'g'ri tushunishdi". Azim Ahmedov "Navbahor"dan ketish qarori va xorij jamoalardan takliflar haqida Yangiliklar

"Jamoada jonimni berib o'ynamoqdaman. Lekin bizni noto'g'ri tushunishdi". Azim Ahmedov "Navbahor"dan ketish qarori va xorij jamoalardan takliflar haqida

Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvidan so'ng namanganliklarning sardori Azim Ahmedov instagramdagi rasmiy sahifasida jamoadan ketganini elon qilgandi.

Natijada futbolchiga Superliganing va xorijning bir qator jamoalaridan takliflar kelib tusha boshladi. Unga "Turon", "Lokomotiv" kabi klublar og'iz solgani haqida ham eshitdik. Lekin yakunda Azim Ahmedov "Navbahor"da qoladigan bo'ldi. Ayni paytda u ikkinchi davraga jamoasi bilan tayyorgarlikni davom ettirmoqda. 

Kecha Toshkentda o'tgan "Turon"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Azim Ahmedovga bir nechta savollar bilan yuzlandik.

- "Andijon" bilan bahsdan so'ng instagramdagi sahifangizda jamoadan ketganingiz haqida post joyladingiz. Bu shoshilinchda qabul qilingan qaror edimi?

- Birinchi qarorim shunday edi. O'sha o'yindan keyin biroz tushunmovchiliklar yuz berdi. Men tomon qattiq gaplar ko'p bo'ldi. "Navbahor"da shuncha yildan beri mehnat qilib kelyapman. Jonimni berib o'ynamoqdaman. Lekin bizni noto'g'ri tushunishdi. Ketaman, deb turgandim. Klub rahbarlari, Namangan viloyati hokimi bilan gaplashdim. Ikkinchi davrani ham "Navbahor"da o'tkazishga qaror qildim. 

- Jamoa mag'lubiyatga uchragan uchrashuvlarda tanqidlar, etirozlar yuzaga kelishi tabiiy. Biroq nima uchundir aynan eng ko'p etiroz siz tomon yog'ilishi odat bo'lib qolgandek...

- To'g'ri, bu odat tusiga kirgan. Hamma narsa mening zimmamga tushib qoladi. Yutilgan o'yinda bizga hech kim gapirmaydi. Mag'lubiyatga uchrasak, jamoa sardori Azim Ahmedov aybdor bo'lib qoladi. Boshqalarni aybini hech gapirishmaydi. Yo'q narsaga ham bizni aybdor qilaverishadi. SHunga biroz hafa bo'ldim. Umid qilamanki, bundan keyin hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Sizga "Turon" va "Lokomotiv"dan jiddiy qiziqish bo'lgani haqida eshitdik. Faoliyatingizni shu ikki jamoadan birida davom ettirishingiz mumkinmidi?

- "Turon" rahbarlari bilan telefon orqali gaplashdim. Bu jamoaga o'tmoqchi bo'ldim ham. "Navbahor"da qolishga qaror qildim. O'zimga qo'shimcha motivaciya oldim. 

- Ikkinchi davraga tayyorgarlik jarayoni qanday ketmoqda?

- Tayyorgarlik rejadagidek ketyapti. Endilikda g'alabalar bilan muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Boshqa yo'limiz ham yo'q.

- Samvel Babayan bilan terma jamoada biroz muddat ishlagansiz. Demak bu borada uni tushunish sizda osonroq bo'lyapti..

- "Paxtakor"da ozgina vaqt birga ishlaganman. Lekin bunday yaqinlik bo'lmagan. Buni o'zi ham aytdi. Endi birgalikda samarali mehnat qilishimizga ishonaman. 

- Oldingi yillarda ham aytgandingiz har doim transferlar mavsumida sizga xorijdan takliflar kelib tushadi. Balki bu borada yana o'ylab ko'rish vaqti kelgandir...

- Xudoga shukur nolimayman. Takliflar bo'lyapti. Hozir "Navbahor"da bor kuchim bilan o'ynab, bu borada qishda yana qaror qabul qilaman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика