So’nggi yangiliklar

13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  1 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  6 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  7 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  16 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  4 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  12 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  5 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8

Jamoa chempionatda toblanadi Yangiliklar

Jamoa chempionatda toblanadi

SHveciya - O'zbekiston o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng yangi bosh murabbiy bir jihatga etibor qaratdi.

Srechko Katanecning o'yindan keyingi gaplarini diqqat bilan o'qib chiqdim. Umuman olganda, murabbiyga jamoamiz o'yini maqul kelgan. Faqat bir jihat murabbiyga yoqmagan, yani biz tomondan agressiv (tajovuzkor) o'yin ko'zga tashlanmagani. 

Katanec o'yindan keyin shunday dedi: "Ulardan (yani futbolchilardan) biroz agressivroq bo'lishlarini xohlagan bo'lardim. Nafaqat himoya, balki butun jamoa agressiv o'ynashi lozim. Men ko'rgan kamchilik aynan shundan iborat, yani agressiv o'yinning yo'qligi. Jamoamiz biroz sekin harakat qildi, qanot futbolchilarida ham aynan shu kamchilik sezildi. Ammo qaytaraman, men jamoa o'yinidan to'liq qoniqdim".

Qolgan gaplar odatiy gaplar, yani yangi murabbiy o'zining ilk o'yinidan keyin nima desa shu. Lekin agressiv futbol bizda sekin-asta yo'qolib borayotgani bor gap. Agressiv futbolni Katanec terma jamoaga olib kira olishi uchun avvalo futbolchilar ichki chempionatda shunday o'yin ko'rsatishlari kerak va bu o'rinda ko'p narsa Superliga klublariga bog'liq. 

Zamonaviy futbolda sendan ikki narsa talab qilinadi: yo o'ta iqtidorli va tajribali bo'lib g'alaba qozonasan, yoki agressiv o'yin namoyish etgan holda ochkolarni qo'lga kiritasan. Agressiv futbol bu - qo'pol o'yin degani emas, balki hakamning hushtagi chalinishi bilan to'p uchun kurash, har bir metrda etakchi bo'lishga urinish, raqib uchun imkon qoldirmaslik va jon-jahd bilan o'ynash. 

Agressiv futbol deganda maydonning har bir qarichi uchun kurash ketadi. Jamoa to so'nggi soniyalarga qadar tinim bilmaydi. Kim yutishini oldindan taxmin qila olmaysan. Iqtidoring bo'lmasa ham elib yugurasan. Menimcha, Katanec bizdan mana shunday futbolni xohlayapti. Terma jamoamiz qachonki Osiyoning eng kuchli jamoalariga qarshi tinim bilmay kurashsa, nafaqat raqib, balki hakamlarga ham o'z tasirini o'tkaza olsa, shundagina yutishni boshlaymiz. 

Agressiv futbol ko'rsatish uchun futbolchi shunga yarasha baquvvat bo'lishi ham kerak. Elkama-elka kurashlarda yiqilmay, to'p uchun oxirigacha kurashgan futbolchi o'z maqsadiga erishadi. SHveciya misolida ko'rdik, Evropada jismonan baquvvat bo'lmaganlar uyog'iga tortib keta olmayapti. Osiyo ham shu darajaga chiqyapti. Eron, Iroq, Iordaniya - bularda jismoniy tayyorgarlik birlamchi. Avstraliyada ham bo'yi 1,80dan kam bo'lmagan futbolchilar bisyor. Yaponiya bilan Janubiy Koreyada texnika birlamchi, Saudiya Arabistonida esa futbolchilarning mahorati kuchli. 

Srechko Katanec bir-ikki haftalik yig'inlarda jamoani bo'lajak o'yinga agressiv tayyorlay olmaydi. Bu kundek ravshan. Aslida futbolchilar shunga tayyor bo'lib kelishlari kerak. Buning uchun klub murabbiylarida gap ko'p. Bu o'rinda eng katta yuk baribir Superligaga tushadi. Toki biz Superligada agressiv futbol ko'rmas ekanmiz, terma jamoadan bunday futbol kutish imkonsiz. Birinchi daqiqadan to so'nggi soniyalarga qadar kechadigan kurash orqaligina kuchli futbolchilar etishib chiqadi va bu o'z navbatida terma jamoamiz foydasiga xizmat qiladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика