So’nggi yangiliklar

12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  0 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  5 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  13 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  4 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  3 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  10 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  3 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67

Jaloliddin Masharipov: "Olimpiadada qatnashish Ronaldu bilan birga o'ynash kabi hamisha sodir bo'lavermaydi. Bu holat faqat menda bo'lgan" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Olimpiadada qatnashish Ronaldu bilan birga o'ynash kabi hamisha sodir bo'lavermaydi. Bu holat faqat menda bo'lgan"

JCH-2026 saralash bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston - Turkmaniston (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- O'zbekistonliklarni g'alaba bilan tabriklayman. O'yindan oldin aytganimdek, vazifani bajargan bo'lsak ham, Turkmanistonni o'z maydonimizda mag'lub etishimiz kerak edi. Barcha futbolchilar o'z klubida yaxshi o'ynashmoqda, shu bois, ishonchli g'alabaga erishdik, deb o'ylayman. 

- Olimpiadaga borish niyatingiz bormi? Agar turnirga borish istagi bo'lsa, klubingiz ruxsat berishi mumkinmi? 

- O'FAdan Olimpiadaga olib borishimiz mumkin degan manoda klubimga xat yuborishibdi. Olimpiadada ishtirok etish imkoniyati har doim ham bo'lavermaydi. Qolaversa, uchrashuvlar PSJ klubining uy stadionida o'tkazilar ekan. Bunday tarixiy holatlar kamdan kam bo'ladi, xuddi men Ronaldu bilan birga o'ynaganim kabi. Bu holat faqat menda bo'lgan (kuladi). SHu bois, agar Olimpiadaga olib ketishsa, albatta, boraman.

- Navbatdagi o'yin 11 iyun kuni Eronga qarshi o'tadi. Siz va O'runov Eron chempionatida o'ynayapsizlar. Bu terma jamoa uchun foydalimi yoki zararli? 

- Eron chempionatida oldinroq ko'proq futbolchilarimiz o'ynashi kerak ekan. Ularga oldin yuqori baho berar ekanmiz. Eron futbolchilari bizga qarshi bor kuchi bilan harakat qilishi aniq. 

- Ikkinchi taymda O'runov bilan birga juda yaxshi tushunib o'ynadinglar. Bu murabbiy ko'rsatmasi bo'ldimi?

- Oston bilan doim bir-birimizni yaxshi tushunganmiz, hamma mendan kreativ paslar kutadi. Birinchi bo'limda Eldor hujumda bir o'zi qolib ketdi, ikkinchi taymda esa to'rt himoyachi taktikasiga o'tdik, buning natijasida hujumkorligimiz oshdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика