Jaloliddin Masharipov: "Hozircha eng yaxshi o'yinimni namoyish etganim yo'q"
20 apr 2018 14:25
Yangiliklar
Jaloliddin Masharipov: "Hozircha eng yaxshi o'yinimni namoyish etganim yo'q"
- Bizga judayam kerak bo'lgan yirik hisobda g'alabaga erishdik. O'yin to'liq ustunligimizda kechdi. Imkoniyatlardan unumli foydalandik. SHu sababli ajoyib muvaffaqiyatni qo'lga kiritdik. Baribir uchrashuvni oson kechdi demagan bo'lardim. CHunki ikkinchi bo'limda ham shiddat saqlanib turdi.
Hozircha eng yaxshi o'yinimni namoyish etganim yo'q. Ikki golga bevosita hissa qo'shdim, ammo eng yaxshi harakatlarim hali olinda va ularni mavsum davomida namoyish qilib boraman degan umiddaman.
Ushbu g'alaba biz uchun mavsumda safardagi birinchi yutuqqa aylandi. Asta-sekinlik bilan jamoa sifatida o'sib boryapmiz. Mashg'ulotlarda bor kuchimiz bilan ter to'kyapmiz. Hali yanada ko'proq mehnat qilib, yaxshiroq ko'rinishga chiqa olamiz. Oldinga qadam tashlay olamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar