So’nggi yangiliklar

18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  9 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  2 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   2 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  5 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  13 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  5 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  20 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  12 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0

Jaloliddin Masharipov: "Hali ham chempionlikka davogarmiz" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Hali ham chempionlikka davogarmiz"

O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi nimchorak final bahslariga tayyorgarlikni boshlab yubordi.

O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Jaloliddin Masharipov milliy jamoaning bugungi mashg'ulotlaridan oldin saytimizga intervyu berdi. Suhbat davomida Jaloliddin Masharipov terma jamoaning tayyorgarligi va keyingi raqibimiz bo'lgan Tailand terma jamoasi haqida gapirdi.


- Jaloliddin, terma jamoaning tayyorgarligi qanday ketmoqda? Biroz tanaffusdan so'ng yana mashg'ulotlarga qaytdingiz. Orada keyingi bosqichdagi raqibimiz ham aniq bo'ldi. SHu haqida fikringiz qanday?

- Tailandga qarshi o'ynashimiz kecha aniq bo'ldi. Avvalroq aytib o'tkanimdek, bizga raqibning farqi yo'q edi. Bundan buyog'iga oson raqibning o'zi qolmadi. Barcha jamoalar kuchli, har bir o'yin finalga teng bo'ladi. Kecha terma jamoa dam oldi, lekin har bir o'yinchi ruhiy tomondan o'zini tayyorladi. 

- Tailand termasi haqida nima deya olasiz? Bu mamlakatda futbol o'smoqda. Mahalliy chempionatga ko'p legionerlar jalb qilinmoqda...

- Ko'rgan bo'lsangiz, Tailand Saudiya Arabistoni bilan durang o'ynadi. Uchrashuv yaxshi bo'ldi. Ularda mahalliy chempionat ham kuchaymoqda. Bundan buyog'iga har bir o'yin biz uchun final. Koncentraciyani yo'qotmagan holatda, raqibni hurmat qilib maydonga tushish kerak.

- Qura haqida fikringiz qanday? Agarda Tailand to'sig'idan o'tsak, keyingi raqib mazbon Qatar termasi bo'lishi mumkin. Kecha Saudiya Arabistoni mag'lub bo'lganda, ular bizga to'qnash kelishlari mumkin edi...

- Biz hammani hurmat qilamiz. Qaysi raqibga to'qnash kelishimizdan qatiy nazar, faqat g'alaba uchun o'ynaymiz. Finalgacha borishni maqsad qilamiz. Kecha Saudiya Arabistoniga qarshi to'qnash kelganimizda ham farqi yo'q edi. CHunki yigitlarning barchasi tayyor. To'g'ri, bir necha muhim o'yinchilarimiz jarohat olishdi, ammo ularga o'rinbosarlar etarli.  Qo'ldan kelgancha, eng yaxshi natijani qayd etishga harakat qilamiz.

- Jarohatlar haqida gapirdingiz, agarda ushbu yo'qotishlar bo'lmaganda, bundanda yaxshi o'yin ko'rsatib, chempionlikka davogar bo'lishimiz mumkinmidi?

- Hali ham chempionlikka davogarmiz. To'g'ri, muhim o'yinchilar jarohat olishdi. Lekin ularning o'rnidagi futbolchilar ham yaxshi harakat qilishmoqda. Etibor bersangiz, zaxiradan maydonga tushganlar o'yinni har safar kuchaytirishmoqda. To'g'ri, SHomurodov, Aliqulov, Alijonov va Sergeevlar tarkibda bo'lganda yaxshiroq bo'lardi, ammo biz hozir mavjud imkoniyatlarda ijobiy natija qayd etishimiz kerak.

- Jaloliddin, buyog'iga pley-off bosqichi boshlanadi. Bu bosqichda ekstra taymlar yoki penaltilar seriyasi bo'lishi mumkin. Jamoa bu bo'yicha ishlashni boshlab yuborganmi?

- Bu jarayon endi boshlanadi. Mashg'ulotlarda albatta bu jihatlar bo'yicha ishlaymiz. Masalani iloji boricha 90 daqiqa ichida hal qilishga harakat qilamiz.  

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика