So’nggi yangiliklar

18:59"Барселона" "Сеул"ни "хоккейча" ҳисобда мағлуб этди  1 18:42А Сериянинг икки гранди "Арсенал" аъзоси учун курашга қўшилди  0 18:14Марлен Чобанов легионерга айланди  0 17:55​"Андижон" легионер ҳимоячиси билан хайрлашди  2 17:32Исак "Реал Сосьедад" базасида шуғулланмоқда  2 17:04Аббос Файзуллаев: "ЦСКА туфайли Ўзбекистон термасида ўз ўрнимга эга бўлдим. Энди "Истанбул Башакшеҳир"га чемпионатда олдинга қадам ташлашида ёрдам бермоқчиман"  3 16:37ЦСКА ҳимоячиси: "Аббосга келажакда ўзи хоҳлаган лигада ўйнашини тилайман"  4 16:09Доннарумма АПЛ топ-клублари билан музокаралар олиб бормаяпти  2 15:41Нойер Тер Штеген билан боғлиқ вазият туфайли Германия терма жамоасига қайтишга тайёр  4 15:14Саудия Арабистони клублари Левандовскини сотиб олмоқчи  2 14:52"Андижон" янги легионерини Суперлига учун рўйхатдан ўтказа олмади  7 14:42Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  2 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  3 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   40 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  2

Jaloliddin Masharipov: "Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz"

O'zbekiston terma jamoasi etakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov Championat.asia saytiga intervyu berdi.

Saytimiz vakillari Masharipov bilan bo'lib o'tgan savol-javoblar mobaynida Gonkongdagi maydon holati, Katanecning yo'qligi, Eron bilan to'qnashuv, futbolchining "Istiqlol"dagi muammolari xususida so'radilar. 

- Ertangi muhim o'yin oldidan fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Gonkong bilan birinchi o'yinimizni ijobiy o'tkazib oldik. O'sha o'yinda bizda ko'p imkoniyatlar bo'ldi, ammo unumli foydalana olmadik. Ertangi o'yinda g'alaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal etib qo'ymoqchimiz va bu orqali muxlislarni xursand qilish niyatidamiz. Yigitlar o'yinga shay holatda turishibdi.

- Gonkongdagi maydon haqida ko'p gapirildi. O'sha erda o'ynagan futbolchi sifatida nima deya olasiz? 

- Bundan ham yomon maydonlarda to'p tepganmiz. Maydonni aytib o'tib ketsak bo'ladi, ammo o'ylab qarasak, undan-da yomon maydonlarda o'ynab katta bo'lganmiz. Maydonning holatiga qaramay, g'alaba qozondik, bundan xursandmiz. Durang yoki mag'lubiyat xayolimizga ham kelmagandi. O'yindan oldingi mashg'ulotimizni o'sha stadionda o'tkazgandik. Biz kichik maydonda to'p tepishimizni bilgandik. Bilamiz, Gonkong va boshqa terma jamoalar bizdan cho'chiydi.

- Ertaga Katanecning bo'lmasligi futbolchilarga qanchalik tasir qiladi? 

- Hamma futbolchilar – professional. Yigitlar bilan uchrashuvga jiddiy yondashish kerakligini kelishib oldik. Ertaga muxlislar ko'z oldida murabbiy yo'qligini bildirmasligimiz va ularga yaxshi kayfiyat ulashishimiz kerak.

- "Istiqlol"dagi muammolaringiz bartaraf etildimi?

- "Istiqlol"dagi faoliyatimda muammo yo'q. Bir kun mashg'ulotda ishtirok etmadim, chunki dam olish kuni so'ragandim. Turli xabarlar tarqaldi, ammo hech qanday muammo bo'lmadi, hammasi joyida.

- Gonkongni yutsak, avtomatik ravishda keyingi bosqichga chiqamiz. Faqat birinchi o'rin masalasi hozircha hal etilmay qoladi. Eron chempionatida o'ynayotgan futbolchi sifatida Eron MTJni safarda mag'lub etish qanchalik haqiqatga yaqin deb o'ylaysiz?

- "Istiqlol"dagi terma jamoa vakillari bilan suhbatlashganimda, ular O'zbekistonni kuchli deya takidlashdi. Sal avval aytganimdek, O'zbekiston terma jamoasidan hamma qo'rqadi. Bugungi kunda har bir terma jamoa bilan qo'rqmasdan, bemalol o'ynay olamiz. Bizdan ko'pchilik cho'chiydi. Penaltilar ustida astoydil ishlasak bo'lgani.

Jahon chempionati 2-saralash bosqichi "E" guruhi 4-turidan o'rin olgan O'zbekiston – Gonkong uchrashuvi ertaga 19:30 da boshlanadi. Uchrashuvga "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qiladi.

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика