Jaloliddin Masharipov "Buxoro" 12-futbolchisiga tayanib o'ynashini aytdi
06 apr 2018 21:46
Yangiliklar


Jaloliddin Masharipov "Buxoro" 12-futbolchisiga tayanib o'ynashini aytdi
"Buxoro" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "sherlar" safida shu kuni faol o'ynagan hujumkor vinger Jaloliddin Masharipov qatnashdi va o'z fikrlarini bildirdi.
"Bizni qiyin uchrashuv kutib turganini bilgandik. "Buxoro" o'z muxlislariga tayanib yanada kuchli o'ynaydi. Ishqibozlarning olqishi ularni yanada qo'shimcha kuch bilan o'ynashlariga turtki bo'ldi. Biz buni juda yaxshi bilgandik. Mag'lubiyatga esa o'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmaganimiz asosiy sabab. Bu birinchi marotaba kuzatilayotgani yo'q. Har o'yinda 3-4ta yaqqol vaziyatni golga aylantira olmayapmiz. Bugun ham aynan shu muammoni hal eta olmaganimiz qimmatga tushdi", - dedi Jaloliddin Masharipov.
Buxoro Salamat Qutiboev - 43' |
Superliga. 5-tur 06/04/2018, 18:00 0
:
1
Tugadi
|
Paxtakor |
45'
90'
O’xshash yangiliklar

Fikrlar