So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

Jaloliddin Masharipov: "Bundan buyon o'rtoqlik uchrashuvi deb yutqazavermasligimiz kerak" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Bundan buyon o'rtoqlik uchrashuvi deb yutqazavermasligimiz kerak"

O'zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Kechagi mashg'ulotlar «Zestafoni» jamoasi maydonida bo'lib o'tdi. Yig'in va Gruziya bilan o'yin haqida Jaloliddin Masharipov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Klubimda hammasini yaxshi, deya olmayman. So'nggi 1-2ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Saudiya Arabistoni chempionati juda kuchli. O'zim borib o'ynab buni tushunib etdim. Oxirgi o'rindagi jamoa etakchi klublarni yutib qo'yishi mumkin. 

"Terma jamoada o'rganish jarayoni ketmoqda. Futbolchilar murabbiy nima deganini tushunib olishga harakat qilmoqda. Bundan buyon o'rtoqlik uchrashuvi ekan deb yutqazaverish kerak emas. Milliy terma jamoa ishtirokidagi o'yinlarni hamma tomosha qiladi. Gruziyaga g'alaba qozonish uchun keldik. Boisi avvalgi yig'inda darajamizdan past bo'lgan terma jamoaga mag'lub bo'lgandik. Gruziya kuni kecha SHveciya ustidan g'alaba qozondi. Hozircha Gruziyani yutishimizga va chiroyli o'yin ko'rsatishimizga ko'zim etyapti. Hamma yigitlar o'ziga ishonsa va murabbiyning ko'rsatmalarini to'liq bajarsa yutsak bo'ladi",- deydi Jaloliddin Masharipov

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика