Jaka tanqidlarga javob qaytardi

5 sen 2019, 08:25
“Arsenal” futbolchisi o'zi tomonga bo'layotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.

“Tanqid - doimiy voqelik. Bu futbolning ajralmas qismi. Ha, men “Tottenxem”ga qarshi o'yinda xato qildim va hakam buning uchun darvozamizga penalti belgiladi. Bundan bo'yin tovlamayman. Biroq biz derbida g'alaba qozonishimiz mumkin edi. Hech kim biz tomonimizdan yaratilgan imkoniyatlar haqida va boy bergan vaziyatlarimiz haqida gapirmaydi, aksincha, faqat xatolarimizni yodga olishadi”,-deydi Jaka.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports