Jaka "Roma" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi
13 iyu 2021 14:48
Yangiliklar
Jaka "Roma" bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Granit Jaka "Roma" bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.
"Roma" endi "Arsenal" bilan muzokaralar o'tkazishi kerak. Rim klubi o'yinchi uchun 22 million evro to'lashi talab etiladi.
Qayd etish kerakki, "Roma" o'tgan mavsumda mudofaadagi yomon o'yin sabab markaziy chiziqni kuchaytirmoqchi: jamoa 58ta to'p o'tkazib yubordi. Bu A Seriyaning dastlabki 6ta jamoasidagi eng yomon ko'rsatkich.
Jaka o'tgan mavsum "kanonirlar" tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar