So’nggi yangiliklar

10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  6 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  6 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14

"Jajji shunqorchalar" mashg'ulotlari davom etmoqda (FOTO) Yangiliklar

"Jajji shunqorchalar" mashg'ulotlari davom etmoqda (FOTO)

Avval xabar berganimizdek Qo'qon shahridagi 51-sonli maktabgacha talim muassasasida , “Qo'qon-1912” klubiga qarashli “Jajji shunqorchalar” futbolga ixtisoslashgan futbol guruhlari tashkil qilingan.

Ayni kunlarga kelib bu guruhlar o'z faoliyatlarini izchil ravishda davom ettirishmoqda. Biz 51-sonli maktabgacha talim muassasasiga borganimizda kichkintoylarning mashg'ulotlari ustidan chiqib qoldik.

Bu erda murabbiy Murodjon Sultonov mashg'ulotlarni olib bormoqda.

-Guruhlarimizda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan 24 nafar kichkintoylar bilan mashg'ulotlar olib bormoqdamiz. Mashg'ulotlarni haftasiga 3 mahaldan bolajonlarning yoshlariga munosib tarzda o'tkazyapmiz. Mashg'ulot o'tkazish uchun zarur bo'lgan barcha anjomlar , to'plar bilan taminlanganmiz. Asosiy maqsadimiz kichkintoylarni futbol alifbesi bilan tanishtirish, ularda dastlabki ko'nikmalarni shakllantirish, sog'lom avlolni tarbiya qilishdan iborat. Bolajonlar mashg'ulotlarda juda katta qiziqish va ishtiyoq bilan ishtirok etishmoqda. Ular bilan ishlash kishiga bir olam zavq bag'ishlaydi - deydi M Sultonov. 

Biz mashg'ulotlar jarayonini suratga tushirib, ularni sizlar bilan baham ko'rishni lozim topdik. Zero siz ham beg'ubor bolaligingizni bir eslang.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика