So’nggi yangiliklar

02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  15 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10

Jahongir Poziljonov: Milliy terma jamoamizga atalgan qo'shiq tayyorlamoqchimiz Yangiliklar

Jahongir Poziljonov: Milliy terma jamoamizga atalgan qo'shiq tayyorlamoqchimiz

Erudit SPORT nashri “Sportchi sanatkor” loyihasiga xonanda Jahongir POZILJONOVni taklif etdi.

Bokschilarimiz haqida qo'shiq kuylagan estrada yulduzi endi milliy terma jamoamizga bag'ishlangan qo'shiq tayyorlamoqchi ekanligini malum qildi.

– Eng gullagan yoshlik chog'ingizda boshqa bolalar kabi futbolning “qo'lidan tutganmisiz”?

– Yo'q, u paytlari boks desa o'zimni tomdan tashlardim. Televizor orqali namoyish etilgan janglarda bokschilarning harakatlarini kuzatishni kanda qilmasdim. Men uchun darsga o'xshardi. To'garakda ham shug'ullanib yurdim. Afsuski, boksda arzirli natijaga erishmadim. Hech esimdan chiqmaydi, ringda boks tushib, ikki marta ko'zimdan musht eganman. SHu sababli, mashg'ulotlarga qatnashni to'xtatganman.

– Ring, qo'lqoplar bilan xayrlashgach, o'zingizni qaysi sport turida sinab ko'rdingiz?


– Sport ichida yurgan, u qaysi turi bo'lmasin, hayotini harakatsiz tasavvur qilishi qiyin. Hayotimdagi boks o'rnini futbol egalladi. CHunki boks men uchun emasligini tushungandim. Endi to'p tepishga mukkasidan ketdim va besh yil mobaynida to'xtovsiz futbol o'ynadim. Natijada futbolga nisbatan qiziqish yanada kuchaydi.


– Bugun-chi, bugun? Ijoddan ortib, sport bilan shug'ullanasizmi?

– Hozir zalga borib, tosh ko'taraman. Inson sport bilan mashg'ul bo'lish uchun bo'sh vaqt topishi zarur, deb hisoblayman. Sport, avvalo, sog'lom hayot degani. Men ham Ruslan ismli murabbiyning ko'rsatmalari asosida har ikki kunda bir zalda mashq qilaman.

– Yuqorida “futbolga befarq emasman”, dedingiz. Hamkasblaringiz bilan bahs bog'lab turasizmi?


– Aktyor Alisher Uzoqov hamda Davron Kabulov boshchiligidagi jamoa bilan musobaqalashib turamiz. Qiziqarli o'yinlar bo'ladi. Ammo ayni damda qishki tatildamiz (kuladi). Nasib qilsa, bahordan o'rtoqlik uchrashuvlarini davom ettiramiz.

– Jahongir Poziljonov qaysi klub muxlisi? Matchlarni do'stlar davrasida tomosha qiladimi yoki..?


– To'g'risini aytsam, “Barselona”ning ishqiboziman. Lekin “Real”...


intervyuning davomini "Erudit-Sport" saytida o'qish mumkin.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика