So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Jahongir Ortiqxo'jaev Qatardagi ikkita stadion bilan tanishdi Yangiliklar

Jahongir Ortiqxo'jaev Qatardagi ikkita stadion bilan tanishdi

Toshkent shahar hokimi va "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev Qatarda bo'lib qaytdi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, Ortiqxo'jaev mehnat tatili bo'lishiga qaramay Doxadagi "Xalifa" va oktyabr oyida foydalanishga topshirilgan, JCH-2022 o'yinlaini qabul qiluvchi "Al Tumama" stadionlari bilan tanishdi.

2025 yilda Toshkent shahri o'smirlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishidan xabaringiz bor. Jahongir Ortiqxo'jaev ushbu musobaqa tashkiliy qo'mitasi azosi sifatida ikkita stadionni obdon ko'zdan kechirdi. "Xalifa" stadioni maydon atrofida yugurish yo'laklari borligi (xuddi o'zimizning "Paxtakor" stadioni kabi) bois Osiyo o'yinlariga mos keladi. Bu yil mundial bahslarini qabul qiluvchi "Al Tumama" stadioni esa superzamonaviy o'yingohlardan biridir.


"Xalifa Xalqaro" stadioni tashqi ko'rinishi



Katta ehtimol bilan "Paxtakor" uchun yangi quriladigan stadion "Al Tumama"dan olingan malumotlar asosida bunyod etilsa, "Xalifa"dan olingan tajriba esa 2025 yilgi musobaqa uchun foydalaniladi.

Toshkent shahar hokimi "Bunyodkor"dagi maysa muammosi yangi stadionlarda takrorlanmasligi uchun chimning vakuum havo aylanish tizimini o'z ko'zi bilan ko'rdi. Mazkur tizim "Xalifa" stadionida endi o'rnatilayotgan bo'lsa, "Al Tumama"da allaqachon o'rnatilgan.

Malumotimizga ko'ra, stadionlar tanishtiruvida ayni paytda Qatarda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik mutaxassis Alisher Nikimbaev yordam bergan.



"Al Tumama" stadioni ichki qismi



"Xalifa Xalqaro" stadioni



"Al Tumama" stadioni

 


Reyting: +32   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика