So’nggi yangiliklar

00:16Ўзбекистон U20 Қозоғистон U20ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 22:55Кафу: "Бразилия ЖЧ-2026ни ютиши мумкин"  2 22:31Пепе Хаби Алонсо ҳақида: "Бу клубнинг талаблари жуда катта"  0 22:13Зидан: "Мен қайтаман"  0 21:47Рустамбек Фомин: "Бу термада ўзгаришлар кўп бўлди. Шу сабабдан бўлса керак, пастроқ темп кузатилди"  0 21:11Азизбек Тўлқинбеков: "Жаҳон чемпионатигача ишлашимиз керак бўлган жиҳатларимиз кўп"   0 20:54Қувончбек Абраев: "Озарбайжон билан илк баҳсдан тўғри хулоса чиқариб бугун гол урдик"   0 20:38Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бугун асосий мақсад натижа эмасди"  1 20:12Равшан Ҳайдаров: "Натижа бор, лекин ўйин борасида саволларимиз кўп"   5 19:47Финалиссима Осиёда бўлиши мумкин  3 19:26"Қизилқум" назорат ўйинида "Бухоро"ни мағлуб қилди  3 19:04Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U20 Қозоғистон U21 термасини кичик ҳисобда мағлуб этди  15 18:56Коло Туре Гвардиола штабида ишлаётгани ҳақида: "Менга айнан шу етишмаётганди"  0 18:10Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон U18 Озарбайжонни мағлуб қилди, Абраевдан дубль  2 17:57Мбаппесиз қолган Франция термасига ким сардор бўлади?  0

Jahongir Ortiqxo'jaev: "Biz yangi bosh murabbiyning ishiga aralashmaymiz" Yangiliklar

Jahongir Ortiqxo'jaev: "Biz yangi bosh murabbiyning ishiga aralashmaymiz"

"Paxtakor" klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev yangi murabbiyning ishiga aralashmasligini takidladi.

O'z o'rnida, portugaliyalik murabbiy "Paxtakor"ning o'yin uslubi bo'yicha berilgan savolga javob berdi. 

- Siz Paulo Fonsekaga yordamchi bo'lib ishlagansiz, SHackix ham yordamchi bo'lib ishlab, keyin "Paxtakor"ga kelgandi. Dastlabki ikki yilda u chempion bo'ldi. O'z oldingizga qanday maqsad qo'yasiz?

- Tajribamni oshirish uchun ko'p yillar davomida ishlab kelganman. "Paxtakor" g'oyalari bilan mening g'oyalarim mos keldi. Biz har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Har bir g'alaba orqali sovrinlarga yaqinlashib boramiz. "Paxtakor" xalqaro maydonsiz qolib ketishi klubga yarashmaydi va maqsadimiz tezroq Elit OCHLga qaytish bo'ladi.

- "Paxtakor" o'yin uslubini yangilaysizmi? 

- Har bir odamning g'oyasi turlicha bo'ladi, o'yinchilar bizning asosiy yordamchilar bo'ladi. CHunki murabbiy aytadi, futbolchilar uni bajaradi. Mendan oldingi murabbiylar shtabiga rahmat aytaman. 

Jahongir Ortiqxo'jaev: - Biz yangi bosh murabbiyning ishiga aralashmaymiz. Taktika va tarkiblarga umuman aralashmaymiz. U ham o'zbeklashtirilib, bir haftadan keyin choyxonadan chiqa olmaydigan bo'lib qolmasin tag'in (kuladi).  


Jahongir Ortiqxo'jaev, "Paxtakor" yangi bosh murabbiyi va Maksim SHackix ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика