So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

Jahongir Mehmonov: "Navbahor"ga taklif qilinayotgan yigitlar professional va yaxshi futbolchilar" Yangiliklar

Jahongir Mehmonov: "Navbahor"ga taklif qilinayotgan yigitlar professional va yaxshi futbolchilar"

Namanganning Navbahor jamoasi tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilish bilan birgalikda klubning o'tgan yilgi natijalariga ulkan hissa qo'shgan futbolchilar bilan ham yangitdan shartnoma imzolashga erishdi.

Ular tarkibida «lochinlar»ning himoya qo'rg'onidagi mustaxkam ustunlaridan biri Jahongir Mehmonov ham bor. Quyida esa futbolchi bilan kechgan suhbatni etiboringizga havola qilamiz.

- Suhbatimiz avvalida «Navbahor»ning o'tgan mavsumdagi umumiy ishtirokini tahlil qilib bersangiz.


- Mavsum biz uchun omadli keldi. SHu bilan birgalikda mehnatimizga yarasha chempionatni sovrindor sifatida yakunladik. Agarda bundanda kuchliroq ishtiyoq va tirishqoqlik bilan o'yinlarga tayyorgarlik ko'rganimizda natijalarimiz bundanda yaxshiroq ko'rinish olishi mumkin edi. O'tgan mavsum davomida qaerdadir xato qildik, qaerdadir omad etishmadi. Endilikda yo'l qo'yilgan kamchiliklar uchtida jiddiy ish olib borsak o'ylagan maqsadimizgs erishamiz deb o'ylayman.

- Mavsumning so'ngi o'yinida «Lokomotiv» tomonidan «lochinlar»ning o'z uyidagi yoqimli ananasiga barham berildi. Uchrashuvdan keyin kiyinish xonasida kayfiyat qanday edi?


- Butun mavsum davomida shu o'yin men uchun eng achinarlisi bo'ldi. CHunki o'sha o'yinda maydonga tushmadim. Jamoamning o'yinini chetdan kuzatish doimo og'ir. Boz ustiga ko'p gol o'tkazib yubordik, himoyachilar uchun qancha kam gol o'tkazib yuborilsa shuncha yaxshi. Agar etibor bergan bo'lsangiz o'z maydonida eng kam gol o'tkazib yuborgan jamoa «Navbahor» bo'lib turgandi. Afsus so'ngi turda bu boradagi seriya ham payoniga etdi.



- Jamoa bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis bu yilgi tarkibni o'zi shakllantiryapti. SHunday kelib chiqib aytadigan bo'lsak «Navbahor» o'tgan yilgidan ko'ra mazmunliroq o'yin namoyish eta oladimi?


- Har bir murabbiyning o'ziga xos uslubi va qarashlari bo'ladi. Barcha murabbiylar ham yaxshi natija ko'rsatishga harakat qiladi. O'ylaymanki, to'g'ri yo'ldamiz. Nasib qilsa ajoyib natijalar va chiroyli o'yinlar ko'rsatamiz.


- Jamoaga yangi kelib qo'shilgan futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?


- Ular haqida bosh murabbiyimizga savol bersangiz yaxshi bo'lardi. CHunki, qaysi futbolchi qanday holatda ekanligi ularga ko'proq bilinadi. Biz esa maydonda ular bilan birga shug'ullanayotganimiz uchun aniq bir nima deya olmayman. SHunisi aniqki, bu yigitlar professional, yaxshi futbolchilar shuning uchun ham ular «Navbahor»ga taklif etilishdi.

- Kanchelskis mahalliy mutaxassislardan nimasi bilandir ustunmi?


- Evropada tajriba orttirgan murabbiy. SHuning uchun mashg'ulotlarida ko'hna qita nafasi sezilib turadi.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Albatta oltin medallarni. Biroq buning uchun ko'proq mehnat va harakat qilish kerakligini yaxshi bilaman

- O'tgan mavsumda jamoa sardori tez-tez o'zgarib turdi. Bu nima bilan bog'liq?


- Aytishim mumkinki, biz uchun bitta inson jamoa sardori bo'lgan. Bu ham bo'lsa Dilshod Jabborov. Jabborov ko'p o'yinlarda maydonga tushmaganligi sababli sardorlik bog'ichi turli futbolchilarga topshirildi.

- Sizni ham o'tgan yili kartochkalar bilan juda ko'p bor «siylashdi». Bu o'yinlarning shiddatli o'tganidan dalolatmi?


- Himoyachining vazifasi raqib hujumini qaytarish. SHunday ekan jamoamiz yaxshi natija qayd etishi uchun har qanaqasiga bo'lsa ham harakat qilish kerak.



- Muvafaqqiyatlaringizga soya soladigan hodisalar ham bo'lganmi?


- Yo'q bo'lmagan. Ota-onamni duolari meni doimo barcha narsada yaxshi natijalarga erishishimga sababchi bo'lgan. Aynan ularning duolari sababli ham mana shu darajaga erishdim deb o'ylayman. Otam vafot etdilar endi ularning xotiralari uchun yanada yorqinroq o'ynashga intilaman.
Oilaviy surat. Jahongir Mehmonov marhum otasi bilan.

- Bizningcha «Navbahor»ning himoya chizig'i ko'ngildagidek ko'rinishga keldi. Yana qaysi chiziqlarga kuchli ijrochilarni jalb etish kerak? SHu borada shaxsiy fikringizni bildira olasizmi?


- Murabbiylar har bir chiziq uchun kuchli ijrochilarni jalb etshyapti. Menimcha hammasi yaxshi.

- «Navbahor» malum omillar evaziga OCHLga yo'llanma olish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Joriy yildan kubok bellashuvlari uchun ham jiddiy etibor qaratish kerakligi gapirilyaptimi?


- Albatta, bundan buyon har bir o'yin, har bir natija uchun faqat va faqat g'alaba ilinjida maydonga chiqamiz.

Xurshid Yusupov suhbatlashdi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика