So’nggi yangiliklar

15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  6 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  2 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  12 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  3 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1

Jahongir Jiyamurodov: "Barqarorlik "Nasaf"ning asosiy quroli" Yangiliklar

Jahongir Jiyamurodov: "Barqarorlik "Nasaf"ning asosiy quroli"

Bugun o'zbek futboli uchun muhim kun sanaladi.

Jumladan, Qarshining «Nasaf» jamoasi OFK kubogi finalida Bahraynda «Al-Muharraq» klubi bilan kuch sinashadi. Etiborlisi, OFK kubogi finali – «ajdarlar»  uchun begona musobaqa emas. Jumladan, qarshiliklar bundan  10 yil oldin – 2011 yilning 29 oktyabr kuni OFK kubogi finalida «Kuvayt SK» jamoasini mag'lub (2:1) etib, xalqaro maydondagi ilk sovringa ega chiqishgandi. 

Mazkur uchrashuvda harakat qilgan mahoratli himoyachi Jahongir Jiyamurodov ham «Nasaf»ning g'alabasiga munosib hissa qo'shgandi. Takidlash joizki, Jahongir futbolchilik faoliyatidagi eng yorqin lahzalarni aynan «Nasaf»da o'tkazganini muxlislar yaxshi eslshadi. 

«Ajdarlar»ning sobiq azosi bo'lajak muhim bahs oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi: - «Nasaf»ning tarixiy muvaffaqiyatiga o'z ulushimni qo'shganimdan bag'oyat mamnunman. O'shanda, yigitlar bilan hamjihatlikda harakat qilib, OFK Kubogi sohibiga aylangandik. Mana oradan 10 yil o'tib, «ajdarlar» yana bir bor finalda maydonga tushishadi. Bugungi «Nasaf»ning tarkibi keskin yoshargan. Ammo, jamoada barqarorlik yo'qolmagan. 

Yani, qarshiliklar milliy chempionatda doimiy ravishda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda. O'zbekistonning nomdor klublariga har tomonlama munosib qarshilik ko'rsatib kelishayotgani tahsinga loyiq, albatta. Vohada futbol infratuzilmasining yaxshi yo'lga qo'yilgani bois juda ko'plab istedod egalari voyaga etishyapti.  O'zbekiston o'smirlar, yoshlar, olimpiya terma jamoalari tarkiblariga «Nasaf»  futbol akademiyasining juda ko'plab tarbiyalanuvchilari ham jalb etilayotgani ham yuqoridagi fikrimni isbotlaydi. 

Demoqchimanki, «Nasaf» futbol akademiyasi nafaqat yurtimizda balki Osiyo miqyosida ham etakchi futbol talimi maskanlaridan sanaladi. «Nasaf»  futbol akademiyasida yosh futbolchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilgan. Respublikamizning barcha mintaqasida «Nasaf» akademiyasidek futbol maktablari tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo'lardi. Bahraynda yosh «ajdarlar»ni jiddiy sinov kutib turibdi. «Al-Muharraq» esa bir qator tajribali futbolchilarga ega. 

O'ylaymanki, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari klubning azaliy ananalarini davom ettirgan holda yorug' yuz bilan vatanimizga qaytishadi. Tarkib va o'yindagi barqarorlik «Nasaf»ning asosiy quroli deb, hisoblayman.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика