So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

Jahon kubogi Evropadan ketadimi? Yangiliklar

Jahon kubogi Evropadan ketadimi?

Teglar :  JCH-2018mundial
Rossiyada o'tayotgan mundial kutilmagan natijalar, chiroyli gollar va VAR tizimi bilan ko'proq yodda qolmoqda.

Guruh bosqichidayoq barcha jamoalar yaxshigina qiyinchilikka duch kelishmoqda. Yaqqol favorit deya etirof etilgan ko'plab jamoalar guruh bosqichidayoq ter to'kishga majbur bo'lishmoqda. Mundialning o'zgacha tami, qiziqligiga ham shunda. Bu erda qog'ozda favorit sanalgan jamoalar maydonda ushbu status evazigagina g'alaba qozona olishmayapti. Jahon chempionatida hech bir jamoa oson taslim bo'lmayapti. CHunki bu mundial va ushbu musobaqada kuchsiz terma jamoaga o'rin yo'q.

Mundialdagi eng yoqimli holat bu Rossiyaning ajoyib o'yinlari hamda CHerchesovning tanqidlar yomg'iriga natija va o'yin orqali chiroyli javob bergani. Ko'pchilik Rossiyani ushbu mundialda sharmanda bo'lishini va CHerchesovni muddatidan avval istefoga chiqishini kutgandi. Rossiyaning mundialdagi ishtiroki shu narsani yana bir bor isbotladi - o'rtoqlik o'yinlari faqat va faqat murabbiy uchun. Natija yoki o'yin qanday bo'lishidan qati nazar o'rtoqlik uchrashuvlari murabbiy uchun xizmat qiladi.

Rossiya o'z oldidagi asosiy vazifasini bajardi. Buyog'idagi har qanday yutuq - o'z imkoniyatidan bir bosh baland sakrashga teng. Rossiya oson guruhga tushgani yoki boshqa vajlar asossiz. Mundialda oson guruh yo'qligi va o'tkinchi o'yinlar bo'lmasligiga guvoh bo'lyapmiz. Rossiyaning ishonchli g'alabalari avvalo ularning kuchidan dalolat. JCH mezbonlari nimchorak finalda ham istalgan jamoaga haqiqiy bosh og'riq bo'lishga qodir. CHunki jamoa ishonchli g'alabalar va o'yinlarni o'tkazdi. Muhimi, jamoa guruhdan qiyinchilik va tasodif evaziga osilib chiqmadi. Ayni paytda Rossiya terma jamoasi o'z kuchiga xolis baho bergan holda yuqori ishtiyoq bilan o'ynaydi. Kamida jamoa mundialgacha nihoyat yuqori bosim hamda tanqid bilan kurashdi va bundan juda silliq chiqib ketdi. Endi esa jamoa oldida hech qanday bosim yo'q. Bu esa ularga qo'l kelishi mumkin. Aynan shu jihat Rossiyani pley-offda ham jiddiy raqib qiyofasiga kirishiga xizmat qiladi.

Qita miqiyosida olib qaralsa, albatta evropa jamoalari boshqalardan bir bosh ustunligi yarq etib ko'rinmoqda. Har bir o'yinda keskin kurash orqali g'olib aniqlanmoqda. Guruh bosqichida shunchaki navbatchi o'yinlar deyarli kuzatilmayapti. Ammo hozircha natija borasida evropa kutilgan natijani qayd etmoqda. Faqatgina birgina kutilmagan natija Germaniya bilan sodir etildi. Evropa jamoalari ichida hozircha ikkita mag'lubiyat Germaniya va Polshaga tegishli.

Osiyo qitasidan Eron va Yaponiya startni yomon olishmadi. Aynan shu terma jamoalar guruh bosqichidan chiqishga yaqinroq. Janubiy Koreya ham birinchi turda yomon o'ynamadi. Lekin birgina penalti va mag'lubiyat ularni holatini qiyinlashtirib qo'ydi. CHunki keyingi turda amaldagi Jahon chempionlarini mag'lub etgan o'ta tezkor Meksika va mag'lubiyat alamida yonayotgan Germaniya. Janubiy Koreyaning keyingi ikkala o'yini ham kuchli raqiblari uchun hal qiluvchi bo'ladi. Bu esa tabiiyki Koreya faqatgina mo'jizaga ishonishiga to'g'ri kelishini anglatadi.

Avstraliya esa har turda penalti tepmoqda. Ammo hozircha bu narsa ularga yordam bermayapti. Franciyaga qarshi o'yinda VAR va golni aniqlovchi tizim evaziga Avstraliya mag'lub bo'ldi. Daniya bilan bo'lgan durang esa katta ehtimol bilan guruhdan chiqish eshiklarini yopib qo'ydi.
Saudiya Arabistoni esa Osiyo qitasidan mundialga kelgan eng ojiz jamoa sifatidagina taassurot qoldirmoqda.

Eron o'z imkoniyatlaridan to'g'ri xulosa qilgan holda juda yaxshi o'ynamoqda. Keyrush jamoaning holati va imkoniyatidan maksimum foydalanishga urinmoqda. Hozircha natija yomon emas. Oxirgi tur barchasi Eronning o'zini qo'lida. Mundial oldidan Ispaniya va Portugaliya bilan bir "kvartet"ga tushib qolgan Eronning guruhdan chiqish imkoniyatlari haqida gap-so'z ham bo'lmagandi. Ammo jamoa o'tgan ikkita turda "bo'rilar" oldida shunchaki "o'lja"ga aylanib qolmasligini isbotladi.

Yaponiya esa nisbatan kurashsa bo'ladigan teng kuchli guruhdan o'rin olgandi. Birinchi turdagi omadli start va Kolumbiyaning og'ir holatda qolgani ularga qo'l kelgani aniq. Ammo o'sha imkoniyatdan to'liq foydalana olgani ham tahsinga loyiq. Samuraylarni keyingi ikkita oson bo'lmagan o'yinlar kutmoqda. Biri g'azabdagi Polsha, ikkinchisi o'z kuchiga ishonchi ortgan Senegal. Kurashsa bo'ladi, ammo oson bo'lmaydi. Muhimi, Yaponiya cho'ntagida 3 ochko mavjud va ularda birgina xato uchun imkoniyat bor.

Afrika jamoalari ichidan faqatgina Senegal yorqinroq ko'rinmoqda. Marokash qanchalik yaxshi o'ynamasin, ular vazifani uddalay olishmadi. Misrga esa Saloh fonida juda yuqori baho berilayotgandi. O'tgan ikkita tur esa Misrga shunchaki yuqori baho berilganini isbotladi. Nigeriya garchi birinchi turda mag'lubiyatga uchragan bo'lsada, bugun ular uchun final. Agarda Islandiya devoridan oshib o'tishsa, unda imkoniyatlar saqlanib qoladi. Aks holda ular ham boshqa afrika jamoalari kabi guruh bosqichidan so'ng uyga qaytishadi.

KONKAKAFdan hozircha Meksika barchada iliq taassurot qoldirdi. Juda tezkor futbol o'ynashni xush ko'radigan ushbu jamoa nafaqat guruhda Germaniyaga bosh og'riq bo'lishdi, balki musobaqa davomida pley-off bosqichida ham shovqin ko'tarishga qodir jamoa.

KONMEBOL jamoalari ichida faqatgina Urugvay yo'qotishlarsiz ketmoqda va muddatidan avval nimchorak final masalasini hal etdi. Lekin shuna qayd etish kerakki, Urugvay garchi ikkala o'yinda g'alaba qozongan bo'lsada, hozircha o'z o'yini orqali yorqin taassurot qoldirmayapti. Misr va Saudiya Arabistoni bilan o'yinlarda standart vaziyati evazigagina gol urishdi. Pozicion hujum tashkil etishda esa ular O'zbekiston bilan bo'lgan bahsdayoq muammolarga duch kelishgandi. O'shanda qayd etib o'tilgan kamchiliklar mundialda ham ko'rinib qolmoqda. Hozircha bu jihat guruh bosqichida sezilmayotgan bo'lishi mumkin, ammo pley-offda ushbu jamoaga juda qiyin bo'ladi.

Argentina esa ikkinchi turda ham murabbiyi nunoqligi evaziga deyarli sharmanda bo'ldi. Qaror qabul qilishda Messi tasiridan qocha olmagan Sampaoli Argentinaning sharmandali starti uchun to'liq javobgar. Ikardini mundialga olib ketishga jurat qilolmagan, Dibala va Iguainlarni zaxirada ushlab turgan Xorxe top jamoada nomdor futbolchilar bilan ishlay olmasligini ko'rsatdi. Nigeriyaga qarshi o'yin oldidan Argentina Sampaoliga chiqish eshiklarini ochmasa, unda kichik nazariy imkoniyatni ham o'zlari barbod qilishadi. CHunki jamoada nafaqat o'yin yo'q, balki murabbiyning qarorlari ham yo'qdek ko'rinmoqda. Argentinaning ruhiy holatiga havas qilib bo'lmaydi. Oxirgi tur oldidan esa murabbiyni istefoga chiqarish orqali jamoadagi ob-havoni va kayfiyatni yaxshi tomonga o'zgartirish mumkin. Argentina katta mo'jiza va omad tufayli keyingi bosqichga chiqqan taqdirda ham uzoqqa borolmaydi. Argentinaning o'tkir va dahshatli hujum chizig'i ishlamayapti. Aniqrog'i, murabbiy buni ishlata olmayapti. Argentinada hujum qanchalik kuchli va raqobatbardosh  bo'lsa, o'rta chiziq va himoya buni aksi. Murabbiy nafaqat kuchli hujumdan foydalana olishi kerak, balki ojiz nuqtani va kuchli chiziqlarni bir-biriga bog'lash orqali muvozanatni yuzaga keltirishi lozim. Sampaoli esa bularning hech birini uddalolmayapti.

Braziliya va Neymar borasida ham hozircha iliq fikrlar bildirishga erta. Braziliya birinchi turda kutilgan o'yinni namoyish etolmadi. Natija ham kutilganidek bo'lmadi. Braziliya doim individual kuchli futbolchilari evaziga g'alaba qozongan va o'yin shular orqali kurilgan. Individual kuchli futbolchilar borligi Braziliyaning yutug'i. Ammo jamoaviy o'yinning yo'qligi - eng katta kamchilik. Braziliya terma jamoasi faqat individual jihatdan kuchli terma jamoa. Ammo 21 asr futbolida oxirgi bor individual harakatlar hal etilgan mundial - 2002 yilgi Jahon chempionati.

SHundan so'ng evropaliklar katta sahnada. 21 asrda evropa futboli Janubiy Amerikadan ancha ildamlab ketdi. Hozirgi zamonaviy futbolda ham individual harakatlar zarur, faqat qo'shimcha sifatida. SHuningdek, hozirgi zamonaviy futbolda murabbiy imzosi, murabbiyning strategiyasi natijaga katta tasir ko'rsatadi. Murabbiy jamoadan qanday futbol xoxlayotganini avvalo o'zi aniq bilishi va buni futbolchilarga to'g'ri tushuntira olishi juda muhim. Bir futbolchi bilan o'yinni yutish ayni paytda deyarli imkonsiz.

Portugaliya Evropa chempioni bo'lgan paytda Ronaldu o'z egosini bir chetga surib qo'yganini eslashning o'zi kifoya. O'shanda Santush Ronalduning etakchilik xususiyatidan to'la foydalangandi. Ronaldu oxirgi yillarda jamoa uchun o'ynashni boshlaganidan buyon uning ishlari yanada yurishib, katta o'yinlarda vaziyat qahramoniga aylanmoqda. Ronaldu avvallari juda ko'p gol urgan, ammo muhim o'yinlarda u qadar ko'zga tashlanmasdi. Oxirgi 2-3 mavsumda esa aksincha holat kuzatilmoqda. Yani, Ronaldudek nihoyatda individual kuchli futbolchining jamoa uchun o'ynashi naqadar samara keltirayotganiga barcha guvoh. Yani, jamoa Ronaldu uchun o'ynagan o'yinlarda "Real" ham, Portugaliya ham ko'p muvaffaqiyat qozonmagan. Aksincha, Ronaldu jamoa uchun o'ynashni boshlaganidan buyon ishlari ancha yurishib ketdi.

Argentina va Braziliyada teskari holat. Yani, har ikkala terma jamoa Messi va Neymar uchun o'ynayotgandek taassurot qoldirmoqda. Natijada butun jamoa o'yinida parokandalik kuzatilmoqda. Kuchsiz raqiblarga qarshi navbatchi o'yinlarda bu jihat uncha ko'zga tashlanmasligi mumkin, ammo JCH darajasidagi bahslarda bu yaqqol bilinib qoladi.

Mazkur mundialda hozircha aniq bir favorit jamoani ajratib ko'rsatish qiyin va bunga erta. Ammo kuchli terma jamoalar, aqlli murabbiylar bir oy davom etadigan musobaqaga jamoa kuchini teng taqsimlagan holda o'ynatishadi. Yani, aslida favorit bo'lgan jamoalar hozircha yaqqol ko'rinish bermayapti. Bu erda murabbiyning ham aqlliligi, ham ayyorligi ish beradi. SHu jihat bo'yicha ham evropa jamoalari janubiy amerikaliklardan ko'ra ustun. Evropa jamoalarida ishlayotgan mutaxassislar Argentina, Braziliya yoki boshqa terma jamoalar murabbiylaridan ko'ra taktik pishiq. Evropalik mutaxassislarda butun o'yin chizgisi va albatta zaxira variantlari bo'ladi. Janubiy Amerikalik murabbiylar esa ko'pincha emociyalarga ishonishadi. Ko'proq tavakkalga qo'l urishni yoqtiradigan mutaxassislar.

SHu boisdan ham Jahon kubogi evropadan tashqariga chiqmasligiga ko'proq ishonyapman.

Ha, amaldagi chempion Germaniya qiyin ahvolda. Ammo shuni unutmaslik kerakki, Germaniya doim guruhda qaysidir o'yinni qurbon qilgan. JCH-2010da Serbiya, JCH-2014da Gana va bu yil Meksika. Bu esa aslida Germaniya foydasiga xizmat qilishi mumkin. Birgina yomon tarafi, Germaniyani mundialda boshqa xato qilishga haqqi qolmadi. Nemis mashinasi uchun qolgan barcha o'yin finalga teng. Franciyada oltin avlod shakllangan. Bundan qanchalik to'g'ri foydalanish Deshamga bog'liq. Hozircha jamoa yo'qotishlarsiz. Desham guruhda ko'p ham kuch tejamasdan jamoani pley-offga olib chiqdi. Ispaniyadagi murabbiy masalasidagi fors-major holati hozircha katta tasir ko'rsatgani yo'q. Ammo Yerroga murabbiylik tajribasi yo'qligi va mundial rejasi bo'lmagani pand berishi mumkin. Belgiyada hammasi joyida. Hamma gap "oshpaz"da qoladi. Angliya qanchalik jo'shqin va quvnoq ko'rinmasin, bu jamoaga doim to'sqinlik qiladigan muhim jihat - g'oliblik ruhiyati etishmasligi pand berishi mumkin. Ammo Sautgeyt Keyn va boshqa kelajagi porloq deya etirof etilayotgan futbolchilarni o'z imkoniyatidan bir bosh baland sakratishga urinib ko'radi.

Zlatko Dalich boshqaruvidagi Xorvatiya ham tarkib va potencial jihatidan boshqa evropa jamoalaridan qolishmaydi. Xorvatiya uzoq davom etgan noxush ananani (JCH-2002dan buyon guruhdan chiqa olmayotgandi) buzdi. Xorvatiya Angliya va Belgiya singari favoritlar qatoriga tilga olinishga munosib. Faqatgina birgina minus tarafi, jamoaning zaxirasida asosiy tarkib o'yinchilari darajasidagi futbolchilari yo'q. Masalan Modrich yoki Rakitichni o'rnini bosadigan etakchi yo'q. Yoki hujum uchligidagi Rebich-Manjukich-Perishichni almashtiradigan futbolchilar hozircha yo'q. Agarda jarohat yoki boshqa holat kuzatilmasa, bu narsa tasir ko'rsatmaydi.

Hozircha yakuniy xulosa chiqarishga erta. Yaxshisi mundialni diqqat bilan kuzatamiz.

Muallif :
Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика