So’nggi yangiliklar

17:37К-Лига 2. Алиқулов жамоаси сафарда Алибоев клубини мағлуб этди   1 17:35Люпче Дориев: "Сўғдиёна" мусобақа жадвалида янада баландроқда бўлиши керак. Ўзбекистон кубогида ғалаба қозона олишимизга кўзим етмоқда"  4 17:04Равшан Ҳайдаров бошчилигидаги Ўзбекистон U-21 терма жамоаси йиғинга киришди  4 16:57Футзал. 9 та гол урилган, Ўзбекистон финалга чиққан Гватемалага қарши учрашувдан галерея  0 16:51"Сурхон" 43 нафар собиқ футболчи, мураббий ва ходим билан ҳисоб-китоб қилди  0 16:33Гвардиола Де Брюйне "Манчестер Сити"да қолишини тасдиқлади  0 16:00"Нефтчи" - "Сўғдиёна" ўйини нега қолдирилган? "Динамо" - "Навбаҳор" учрашуви нега қолдирилмаяпти?  27 15:01ОАВ вакиллари диққатига! ФИФА Футзал ЖЧ-2024 учун аккредитация жараёни бошланди  2 14:09Петрович "Челси"нинг АҚШдаги йиғинига жамоа билан йўл олмади  1 13:42Месси МЛСнинг барча юлдузлари шоу учрашувида иштирок этмайди   1 12:46Константин Базелюк — "Локомотив" футболчиси!  5 12:27Расмий хабар: Ўзбекистонлик ҳимоячи легионерга айланди  2 12:17ОКМК легионер футболчи билан шартнома тузди  6 12:08"Металлург" таркибга легионер ҳужумчини қўшиб олди  2 11:48Евро-2024да порлаган Нико Уильямс ҳақида ҳикоя (Бекзод Толибов блоги)  2

Jahon futbolidagi takrorlanmas tandem - "Robberi" Yangiliklar

Jahon futbolidagi takrorlanmas tandem - "Robberi"

Men Alessandro Del Peroning jozibador o'yinlari tufayli futbolga oshno bo'lganman.

Del Peroning to'p bilan harakatlari, noodatiy zarbalari, chiroyli gollari va jamoaga bo'lgan sodiqligi tufaylimi, keyinchalik ham men uchun undan zo'ri "ko'rinmadi". To'g'ri, Aleks hech qachon "Oltin to'p"ni yutmagan, hecham jahon futbolidagi birinchi raqamli futbolchi bo'lishga davogarlik qilmagan. Ammo doim eng yaxshilar qatorida bo'lgan, barqarorlik ko'rsatgan va jamoasining haqiqiy etakchisi bo'lib kelgan. Aleksdan zo'r futbolchilar juda ko'p bo'lgan va hozirda ham balki juda ko'pdir. Lekin men uchun va "Yuventus"ning minglab ishqibozlari uchun Ale doimo eng yaxshisi bo'lib qolaveradi. "Real"da o'z vaqtida Raul, "Liverpul"da Stivi Ji, "Milan"da Maldini bo'lgani kabi.

Del Pero futboldagi ilk qadamlarimdagi afsona, men uchun kumir va eng yaxshisi. Lekin hozirgi so'zlamoqchi yoki matn qoralamoqchi bo'layotgan futbolchilarim umuman boshqa. Hozirgi davr futbolida Del Peroga o'xshashib ketadigan jihatlari bordek. CHunki ayni paytda ko'pchilik Messi va Ronalduning o'yinlariga mahliyo, kimgadir Azar, kimdir Neymar shaydosi. 

Lekin men uchun futboldagi ikkinchi avlod o'yinchilari bo'lmish Riberi va Robbenning o'yinlarini tomosha qilish, ular ko'rsatgan futboldan zavq olish boshqacha emociya beradi. Mazkur futbolchilar "Bavariya" safida shunday darajadaga etishdiki, endilikda ular jamoadan ketish arafasida Del Pero "Yuve"dan ketayotganda yoki Buffon o'tgan yili turinliklar bilan xayrlashganda ichimdan o'tgan hissiyotlar takrorlanmoqda.

Sodiqlik haqida gap ketganda Del Pero va Buffon borasida Riberi yoki Robbenni qo'shish balki biroz g'alatidek ko'rinishi mumkin. CHunki ular qanday pallada va qancha muddat "Yuventus"ga sodiqlik qilishgani barchaga ayon. Lekin hazil-hazil bilan "Robberi" ham Myunxenda birgalikda 10 yildan oshiq o'ynab qo'yishipti. SHuningdek, Riberi va Robben bu ikki italyanga o'xshab o'z yurtida ko'p muddat qolishmadi, balki Germaniya klubida deyarli haqiqiy nemisga aylanishdi. CHunki "Bavariya"da hech kim "Robberi"ga legioner sifatida qaramaydi. Bu ikki futbol afsungarlari allaqachon "Bavariya" o'g'liga aylanishgan.

Bu ikki futbolchini umumlashtirib "Robberi" deb atalishi tarixiga keladigan bo'lsak, mazkur futbolchilar maydonda o'zaro ajoyib tandemga aylanishgani sabab bo'lgan. SHu boisdan ham Robbendan "ROB", Riberidan "BERI" olinib, "ROBBERI" vujudga kelgan.

Endi yana bir qiziq jihatga to'xtalsam, odatda futbolda tandem atamasi maydonda yonma-yon joylashgan va birgalikda sermahsul o'ynab, muvaffaqiyatli ishtirok etadigan futbolchilarga nisbatan ko'p ishlatiladi. Bu ko'pincha hujumchi yoki markaziy himoyachilar bilan ruy beradi. Futbol tarixida tandem atamasi qarama-qarshi qanotda birgalikda o'ynaydigan o'yinchilardan ilk marotaba aynan Riberi va Robbenga nisbatan  ishlatildi. CHunki ularning o'zaro tushunib harakat qilishlari, o'yini, samaradorligi va maydonda birgalikda bir bog'lamga aylana olishlari futbol jamoatchiligini shunga majbur etdi.

Garchi Riberi va Robben qarama-qarshi qanotda o'ynashmasin, ular doimo hujum paytida o'zaro maksimal yaqin joylashib o'ynashni uddalashgan. Lui van Gaal joriy etgan mazkur duetning yana bir o'ziga xos jihati shundaki, Robben garchi chap oyoqda o'ynashiga qaramasdan o'ng qanotda, Riberi esa aksincha, o'ng oyoq bo'lishiga qaramasdan chap qanotdan o'rin oldi. Odatda chap qanot vingerlari chap oyoqda o'ynashadi, o'ng qanot vingeri esa o'ng oyoqda. Lui van Gaal joriy etgan mazkur duetning o'ziga xosligi va raqibga nisbatan ko'proq muammo tug'dirishida ham bu jihatning o'rni katta. CHunki vingerlar qanotdan yorib kirib to'pni faqat jarima maydonchasi oshirish bilan emas, balki chap qanotdan kelib, to'pni o'ngroqqa, yana markazga olib o'tish osonlashadi. Riberi va Robben esa bu ishni zo'r uddalashdi. Ayniqsa Robbenning o'ng qanot kirib kelib, keyin to'pni chapga, yani markazga olib o'tib, o'zining uslubida zarba berishi nafaqat darvozabonlar uchun qo'rqinchli tushga aylandi, balki bu narsa chap qanot himoyachilariga ham qo'shimcha bosh og'riq tug'dirdi. 


"Bavariya" 21 asrning boshlaridan keyin malum muddat xalqaro maydonda o'z nomini yo'qotdi. Jamoaga olib kelingan Riberi va keyinchalik "Bavariya" libosini kiygan Robben orqali myunxenliklar yana Evropani zabt etishdi. Aynan "Robberi" "Bavariya"ni jahon futbolidagi elit ro'yxatga qaytardi.

Riberi Robbendan 2 yilcha avval "Bavariya" kelgan. Qayd etish kerakki, Riberi ilk mavsumidayoq "Bavariya"ga Germaniyada treblni amalga oshirish uchun katta yordam qo'lini cho'zgan. Yani, Riberi mazkur tandem vujudga kelmasidanoq yakka tartibda 25 millionlik transferni to'la oqlagan. Oradan 2 yil o'tib "Bavariya" hujumga rang-baranglik qo'shish maqsadida "Real"ga kerak bo'lmay qolgan Robbenning transferiga murojaat qiladi. Qizig'i, Riberi singari mazkur transfer ham 25 million evroga baholangan. 

"Robberi" tandemining o'zaro ilk o'yini ham qiziq o'tgani etiborga molik. O'shanda Bundesligada to'rtinchi davom etayotgan va "Bavariya" kutilmaganda mavsumni juda yomon boshlab, turnir jadvalida 14-o'ringa qadar tushib ketgandi. Amaldagi chempion "Volfsburg"ga qarshi uchrashuvning ikkinchi bo'limida Lui van Gaal maydonga jamoaga yangi kelgan Robbenni tushiradi va biroz o'tib o'yinga Riberi qo'shiladi. "Robberi" bog'lami esa debyut bahsdayoq o'z ishini ko'rsatadi. Hakam xushtagiga qadar Riberi "Bavariya"da eng yaxshi ko'rgan ishi, yani debyut uchrashuvidayoq Robbenning ikki goliga assist bo'lishni do'ndiradi. SHu tariqa "Bavariya"da yangi tug'ilgan "Robberi" tandemi o'zaro debyut o'yindayoq dublni rasmiylashtirishgan.

Riberi ko'pincha gol urishdan ko'ra jamoadoshlarini, ayniqsa Robbenni golli uzatma bilan taminlashni xush ko'rgan. Robben esa doim raqib darvozasiga bog'langan holda golga chanqoq o'ynagan. Robbenning chanqog'ini esa asosan Riberi qondirgan.

"Robberi" qanchalik zo'r va takrorlanmas tandem bo'lgani, zamonaviy futbolda qarama-qarshi qanotdan o'ynab, muxlislarga o'zgacha zavq ulashgan mazkur duetni futbol ishqibozlari yaqin orada unutishmasa kerak.

"Robberi" tandemi orqali "Bavariya" Evropada cho'qqiga qadar chiqdi va o'sha davrda eng zo'ri bo'lgan barcha jamoalar bilan uchrashib, aynan "Robberi"ning "tishi" bilan raqiblarni dog'da qoldirishni uddaladi.

Bu ikki duetdoshning "Bavariya"dagi debyut o'yinida qilgan natijasi, "Manchester Yunayted"ga qarshi to'qnashuvdagi o'sha mashhur burchak zarbasi yoki "Uembli"dagi finalning 89-daqiqasida Riberining tovonda bergan zargarona uzatmasi va Robbenning oxista zarbasidan so'ng to'p yumalab darvoza to'riga qarab ketayotganini nafaqat "Bavariya" muxlislari, balki barcha futbol ishqibozlari unutishmasa kerak.

To'g'ri, bu ikki futbolchi o'ynagan davrda "Bavariya"da alamli mag'lubiyatlar, finaldagi ko'z yoshlar yoki jarohat bilan bog'liq ko'plab muammolar yuzaga keldi. Lekin shunga qaramay, bu ikki futbol afsungari qisqa fursatda jamoaning haqiqiy etakchisi, qanotda parvoz aylagan "omad qushi"ga aylandi.

"Bavariya"da ko'plab davrlar bo'lgan, Bekkenbauer, Rummenigge, Gerd Myuller, Xitcfeldning bolalari yoki boshqa. Aynan o'sha davrlar ichida "Robberi" davri ham endilikda boshqacha eslanadi.

Ayniqsa "Robberi"ning 2013 yilda ko'rsatgan futboli, qayd etgan natijalari va "Oltn to'p" uchun kurashda Riberiga nisbatan bo'lgan hiyonatni "Bavariya"dagilar, ayniqsa Uli Xyoness, Frank va uning oilasi unutmasa kerak.

"Robberi" "Bavariya"da jamoaviy erishmagan cho'qqi, sovrin yoki natija qolmadi. Faqatgina Riberi yoki Robben shaxsiy muzeyini nimadir bilan boyita olishmadi xolos. Balki "Robberi" Messi va Ronaldu qarama-qarshiligi davriga to'g'ri kelib qolgani bois mazkur tandem ishi munosib baholanmagandir. Lekin aynan Ronaldu-Messi gullagan davrida ham 2013 yildagi mazkur duetning benifisi, ayniqsa Riberining o'yinlari bu ikki qirolni taxtdan tushirish darajasida mukammallikka erishgandi, nazarimda. SHunchaki Riberi Ronaldu-Messi to'qnashuvining navbatdagi "qurboniga" aylangandi.

"Bavariya" tarixida "Robberi" deb atalmish yangi sahifa yopilmoqda. Ertaga esa ularning Germaniya Kubogi finalida oxirgi, "Bavariya" tarkibidagi xayrlashuv o'yini. Bu ikki tandem Bundesligadagi o'zaro ilk bahsida ham zaxiradan o'yinga qo'shilgan va Riberi Robbenga dublni rasmiylashtirish uchun ikkita golli uzatmani hadya etgandi. O'tgan hafta esa bu ikkovlon "Ayntraxt"ga qarshi Bundesliga va "Alyanc Arena"dagi oxirgi bellashuvida ham zaxiradan maydonga tushdi va o'z nomlarini tabloga yozdirib qo'yib, barchani ko'zini namlatdi. Ertaga ham bu ikki "qariya" nimadir ko'rsatishsa ajablanmayman. CHunki "Bavariya" libosida "Robberi" qarimasligi aynan chempionlik bahsida yana isbotlangandek tuyuldi. Lekin barcha ertaklarning yakuni bo'lgani kabi, "Bavariya"dagi "Robberi" deya atalmish ajoyib ertak ham poyoniga etib bormoqda.

Riberi "Alyanc Arena"dagi oxirgi o'yinidan keyin muxlislarga Riberi oilasi sizlarni hech qachon unutmaydi va doim "Bavariya"ni yaxshi ko'radi. Sizlarga rahmat! "#MiaSanMia" (Biz Bu Biz), deya xayrlashuv so'zlarini ko'zlarida yosh ila aytdi. 

"Bavariya" esa o'z qahramonlari, afsonalarini qanday kuzatib qo'yishni juda yaxshi biladigan klub. Uli Xyoness kelasi yili Myunxenda "Robberi" va Rafinya uchun fantastik xayrlashuv shou-o'yiini tashkillashtirib berilishini yashirmadi.

Riberi esa "Alyanc Arena"dagi oxirgi bahsida gol urib nafaqat o'zi yig'ladi, balki stadionga o'tirgan barchani ko'zini namlatdi. Ayniqsa goldan keyin "Bavariya" prezidenti Uli Xyoness o'z ko'z yoshlarini ortiq yashirib turolmadi...

Muallif :
Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика