Jahon chempionlari "Real Madrid" murabbiylarining master-klassida qatnashadilar
24 may 2018 14:00
Yangiliklar


Jahon chempionlari "Real Madrid" murabbiylarining master-klassida qatnashadilar
"Real Madrid" va O'FA o'rtasida imzolangan shartnoma asosida qirollik klubining ikki nafar murabbiyi 31 may - 17 iyun oralig'ida Toshkent shahrida bo'lishadi.
2004 va 2008 yillar oralig'ida tavallud topgan 300 nafar tarbiyalanuvchi ishtirokida master-klass tadbiri ikki qismdan iborat bo'ladi. Birinchisi 4-9 iyun kunlari 2006-2008 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar o'rtasida. Keyingisi esa 11-16 iyun kunlari 2004-2005 yilda tavallud topgan futbolchilar ishtirokida.
Har bir viloyatda istiqomat qiladigan aholi sonidan kelib chiqib O'FA hududiy federaciyalarga o'z kvotalarini ajratgan.
O'FA bilan kelishgan holda Toshkent shahar FF o'ziga ajratilgan kvotani yaqinda jahon chempioni bo'lgan bo'lgan 23-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga berishni lozim topdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar