So’nggi yangiliklar

18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  0 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  1 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  2 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  8 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  14 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  3 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1

Jahon chempioni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi azolari taqdirlandi Yangiliklar

Jahon chempioni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi azolari taqdirlandi

SHu yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Taylandda U-18 World Deaf Futsal Championship - futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Vakillarimiz musobaqaning "V" guruhida ishtirok etib, guruhda SHveciyani 5:3, Indoneziyani 17:2, Kuvaytni 9:2 hisobida mag'lub etishdi.Yarim finalda esa musobaqa favoriti sifatida etirof etilayotgan Rossiya terma jamoasi 3:2 hisobida taslim etildi.
Finalda SHveciyaga qarshi o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi azolari 4:2 hisobida g'alaba qozonib, Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi.

Bugun O'zbekiston Futbol Federaciyasida Jahon chempionlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston Futbol Federaciyasi rahbariyati, terma jamoa murabbiylari, futzalchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.


Jahon chempionatida yuksak g'alabaga erishib, Vatanimiz bayrog'ini balandga ko'targan quyidagi futzalchilar va murabbiylarga O'FF prezidenti nomidan vice-prezident SHoakrom Isroilov esdalik sovg'alari topshirdi:

1.Obidov Mirazamat Rashid o'g'li
2.Norxo'jaev Xo'jamurod Axrolxo'ja o'g'li
3.G'oyibov Rustambek Fayzulla o'g'li
4.Sobitbekov Jaloliddin Farrux o'g'li
5.Qarshiev Jaloliddin Baxodirovich
6.Abdullaev Farrux Sadullo o'g'li
7.SHarafiddinov Davronbek Baxromjon o'g'li
8.SHokirjonov Akobirjon SHavkatjon o'g'li
9.Tolipov Habibullo SHokirovich
10.Ikramov Mirzabek To'lqunovich

Murabbiylar
Ahmedov Murodjon Husnutdinovich - bosh murabbiy
Ahmedov Hakim Husnutdinovich - yordamchi murabbiy
Berdiev Rustam Axnazarovich - yordamchi murabbiy
Krovov Anatoliy Nikolaevich - Menedjer




O'zbekiston terma jamoasi azolari musobaqa g'olibligidan tashqari, turnirning "Eng yaxshi darvozaboni" va "Eng yaxshi to'purari" nominaciyalarida ham tengsiz deb topilishganini alohida takidlash kerak.

U-18 World Deaf Futsal Championship musobaqasi endi 2021 yili Xitoyda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика