Jahon chempioni bo'lgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari taqdirlandi

Narzulla Saydullayev
15 dek 2017, 15:09
Shu yilning 24 noyabridan 3 dekabriga qadar Taylandda U-18 World Deaf Futsal Championship - futzal bo'yicha zaif eshituvchilar o'rtasidagi Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo'lga kiritgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Vakillarimiz musobaqaning "V" guruhida ishtirok etib, guruhda Shvetsiyani 5:3, Indoneziyani 17:2, Kuvaytni 9:2 hisobida mag'lub etishdi.Yarim finalda esa musobaqa favoriti sifatida etirof etilayotgan Rossiya terma jamoasi 3:2 hisobida taslim etildi.
Finalda Shvetsiyaga qarshi o'yin o'tkazgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 4:2 hisobida g'alaba qozonib, Jahon chempioni degan nomga sazovor bo'lishdi.

Bugun O'zbekiston Futbol Federatsiyasida Jahon chempionlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Marosimda O'zbekiston Futbol Federatsiyasi rahbariyati, terma jamoa murabbiylari, futzalchilar va ularning yaqinlari ishtirok etishdi.


Jahon chempionatida yuksak g'alabaga erishib, Vatanimiz bayrog'ini balandga ko'targan quyidagi futzalchilar va murabbiylarga O'FF prezidenti nomidan vice-prezident Shoakrom Isroilov esdalik sovg'alari topshirdi:

1.Obidov Mirazamat Rashid o'g'li
2.Norxo'jaev Xo'jamurod Axrolxo'ja o'g'li
3.G'oyibov Rustambek Fayzulla o'g'li
4.Sobitbekov Jaloliddin Farrux o'g'li
5.Qarshiev Jaloliddin Baxodirovich
6.Abdullaev Farrux Sadullo o'g'li
7.Sharafiddinov Davronbek Baxromjon o'g'li
8.Shokirjonov Akobirjon Shavkatjon o'g'li
9.Tolipov Habibullo Shokirovich
10.Ikramov Mirzabek To'lqunovich

Murabbiylar
Ahmedov Murodjon Husnutdinovich - bosh murabbiy
Ahmedov Hakim Husnutdinovich - yordamchi murabbiy
Berdiev Rustam Axnazarovich - yordamchi murabbiy
Krovov Anatoliy Nikolaevich - Menedjer




O'zbekiston terma jamoasi a'zolari musobaqa g'olibligidan tashqari, turnirning "Eng yaxshi darvozaboni" va "Eng yaxshi to'purari" nominaciyalarida ham tengsiz deb topilishganini alohida takidlash kerak.

U-18 World Deaf Futsal Championship musobaqasi endi 2021 yili Xitoyda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com