Jahon chempioni "Atletiko"ni tark etmaydi
24 iyu 2019 13:59
Yangiliklar


Jahon chempioni "Atletiko"ni tark etmaydi
"Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemarning aytishicha u yozda jamoani tark etmaydi.
O'tgan yil Madrid klubi franciyalik futbolchiga 72 million evro to'lagan edi.
- Men "Atletiko"daman va kelasi mavsum ham shu erda bo'laman, - deydi Lemar. Men hali ham davom etmoqchiman. Men buni yangi mavsumda qilishni istayman va yanada yaxshi bo'lishga harakat qilaman.
23 yoshli Lemar "Kan" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015 yilda Monako safiga borib qo'shildi va u erda 3 yil to'p surdi. 2018 yilda esa "Atletiko" jahon chempionini sotib oldi.
Lemar 2016 yildan beri Franciya terma jamoasida harakat qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar