So’nggi yangiliklar

00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9 17:55Тодоров Тошкентнинг бошқа клубига ўтди  0

Jahon chempionatiga yo'l bolalar futbolidan boshlanadi Yangiliklar

Jahon chempionatiga yo'l bolalar futbolidan boshlanadi

Teglar :  Yashnobod
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida bolalar va ommaviy futbolni rivojlantirishga katta etibor qaratilmoqda.

SHu yil boshida tuman hokimligi tashabbusi bilan “Yashnobod” professional futbol klubi tashkil etilgandi.

Ayni paytda yashnobodliklar Toshkent shahar chempionatida muvaffaqiyatli qatnashayotgan bo'lsa, ushbu futbol klubi qoshida tashkil etilgan to'rtta yosh guruhlarida 150 nafardan ziyod yosh “charm to'p” ixlosmandlari o'z mahoratlarini oshirishyapti. Ularning muntazam futbol bilan shug'ullanishlari uchun tuman hokimligi tomonidan etarli shart-sharoitlar yaratib berilayotganli ayniqsa quvonarlidir.

— Tumanimizda hozirda 57 mahalla mavjud, — deydi tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxov. — Ularda istiqomat qilayotgan aholining katta qismini voyaga etmagan bolalar va o'smirlar tashkil etadi. Maqsadimiz ana shu farzandlarimizning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni millionlar o'yini — futbolga jalb etish va shu orqali yangi istedodlarni kashf qilishdan iborat. Yaxshi niyat bilan tumanimizda “Yashnobod” professional futbol klubiga asos solindi. Hozirda ularning erishayotgan natijalari yomonmas. Ayni shu klub qoshida tashkil etilgan bolalar futbol sekciyalarida yuzlab yoshlar mahoratini oshirishmoqda. Balki kelajakda ularning hammasi ham yulduz bo'lib ulg'ayishmas, ammo ular sog'lom va barkamol voyaga etishishlari uchun bu to'garaklar juda asqotishi shubhasiz. Qolaversa, ana shu yosh futbolchilar orasidan kashf qilingan istedodli yoshlar kelajakda Osiyo va jahon chempionatlarida mamlakatimiz sharafini himoya qilishlariga ishonamiz.

SHahar va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etib kelayotgan “Yashnobod” bolalar futbol jamoasi yaqinda Malayziyaning Kejora U-15 Challenge 2018 xalqaro turnirida qatnashish uchun taklifnoma oldi. Bundan xabar topgan Yashnobod tuman hokimligi bolalar futbol jamoasini qo'llab-quvvatlab, ularning dunyoning yigirmadan ortiq davlatlari yosh futbolchilari qatnashadigan xalqaro turnirda ishtirokini taminlab berishga qaror qildi.

Kecha erta tongda Toshkent xalqaro aeroportidan 14-15 yoshli futbolchilardan iborat “Yashnobod” futbol jamoasi xalqaro turnirda yurtimiz sharafini himoya qilish uchun Kuala-Lumpurga jo'nab ketishdi. Ularni yosh futbolchilarning ota-onalari bilan bir qatorda tuman hokimi Xojiakbar Tillashayxovning o'zi kuzatib qo'ydi hamda jamoa azolariga omad va oq yo'l tiladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика