Jahon chempionatida ishlagan mutaxassis O'FAga qaytdi
15 iyu 2019 18:29
Yangiliklar
Jahon chempionatida ishlagan mutaxassis O'FAga qaytdi
Kecha ijroqum yig'ilishida O'FA boshqaruviga saylangan Ravshan Ermatov turli terma jamoalar bosh murabbiylari bilan uchrashib, oldinda turgan musobaqalarga tayyorgarlikning barcha masalalarin muhokama qilingan.
O'FAning vaqtincha vice-prezidenti etib saylangan Ravshan Ermatovga terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashuv chog'ida ko'p yillar tashkilotda etakchi mutaxassis bo'lgan Olim Arifov ham hamroxlik qilgan.
Bundan ko'rinib turibdiki, Ravshan Ermatov ishni O'FAdan ketib qolgan tajribali, malakali mutaxassislarni tashkilotga qaytarish bilan boshlagan.
Eslatib o'tamiz, Olim Arifov O'FA Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i o'rinbosari sifatida ishlab kelgandi. Malum tanaffusdan keyin tashkilotga qaytgan Arifov o'tgan yili yozda Rossiyada o'tgan mundialda komissar sifatida ishlagan ilk o'zbek mutaxassisiga aylangandi.
Fikrlar