Jahon chempionatida 4ta gol urgan futbolchi Toshkent klubi mashg'ulotlariga qo'shildi
13 fev 12:10
Yangiliklar
Jahon chempionatida 4ta gol urgan futbolchi Toshkent klubi mashg'ulotlariga qo'shildi
Superliganing barcha jamoalari qishki transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirishga astoydil harakat qilmoqda.
Timur Kapadze boshchiligidagi "Olimpik" bir necha kun oldin Antaliyadan qaytib keldi va Toshkentda yig'inga kirishdi. Jamoaning mashg'ulotlarida "Bunyodkor" futbolchisi Amirbek Saidov ham ishtirok etmoqda.
Hujumchi 2023 yil Indoneziya mezbonlik qilgan U-17 Jahon chempionatida Kanada, Ispaniya, Angliya darvozalariga 4ta gol urgan edi. SHuningdek, u O'zbekiston U-20 terma jamoasi azosi ham hisoblanadi. Saidov mavsumni "Olimpik"da boshlaydimi yoki "Bunyodkor"da buni tez orada bilib olamiz.
Fikrlar