Jahon chempionati kubogi Qirg'izistonda (+FOTO)
05 fev 2018 16:27
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/304682_original.jpg)
![](/upload/storage/304682_220.jpg)
Jahon chempionati kubogi Qirg'izistonda (+FOTO)
Bugun Coca-Cola Trophy Tour doirasida futbol bo'yicha jahon chempionatining asosiy sovrini Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahriga keldi.
Bu haqda Qirg'iziston futbol federaciyasining matbuot-xizmati elon qildi.
Tashkilotchilar rejasiga ko'ra, kubok shaharda bir necha soatgina bo'ladi.
Yomon ob-havo sharoiti tufayli sovrinning mamlakatda qolishi minimumgacha kamaytirildi. Kubok Xayatt mehmonxonasiga emas, Manas aeroportiga keltirildi.
Taklif etilganlar ro'yxatida futbol veteranlari, yosh futbolchilar, respublika birinchiliklari g'oliblari, muxlislar uchun tanlov g'oliblari va futbol jamoatchiligi vakillari bor edi.
Eslatib o'tamiz, jahon chempionati kubogi 6 fevral kuni Toshkentga keladi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar