So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 01:49"Бавария" яхши пул эвазига Горецкани сотишга тайёр ва бу ҳақда Леонга хабар берди, аммо...  0 01:27Лангле Ла Лиганинг бошқа клубига ўтадими?  0 01:03"Манчестер Юнайтед" ПСЖ футболчиси билан шартнома бўйича келишувга эришди  0 00:32"Милан" Абрахамни харид қилиши мумкин. "Рома" Довбикнинг харидидан сўнг форвардни сотмоқчи  1 00:05РПЛ. "Рубин" ва Ашурматов Қозонда "Химки"га мағлуб бўлди  1 23:32Александр Хомяков: "Бизда ҳимоячилар муаммоси кўзга ташланмоқда"  2 23:07Миржалол Қосимов: "Бобур-арена"да "Андижон"нинг 12-рақамли футболчиси бор"  12 22:56"Реал" Лапортга қизиқмоқда, аммо "Ал Насср"га пул тўлашни хоҳламаяпти. Ҳимоячи "Мадрид"га ўтишни хоҳламоқда ва маошининг пасайишига рози  1 22:30Суперлига. "Андижон" — ОКМК (2:3), олмалиқликлардан даҳшатли камбэк!  2 22:10Про лига. "Олимпик Mobi-Uz" ва "Хоразм" ўзаро дуранг ўйнади  1 21:45Суперлига. "Бобур Арена"да 5 та гол урилган баҳсда ОКМК камбэк қайд этди  71 21:42"Атлетико" 30+5 млн евролик трансферни амалга оширди  2 21:17"Нью-Йорк – кўк-аноррангда". "Барса" "Реал" билан ўйин олдидан Таймс-скверда клуб либосидаги Озодлик ҳайкали акс этган роликни намойиш этди  1 20:23"Бенфика" Феликс учун 60 млн евро тўлашга тайёрмас  3

Izzatbek G'aniev: "Bahraynda ko'p yillar qolmoqchiman" Yangiliklar

Izzatbek G'aniev: "Bahraynda ko'p yillar qolmoqchiman"

O'tgan yil "Xotira-79" va "Yozyovon-Lochinlar" klubida o'ynagan Izzatbek G'aniev Bahrayn oliy ligasining "Al Xala Muharraq" klubi bilan shartnoma tuzdi.

Biz futbolchi bilan bog'lanib yangi klubi va Bahrayn futboli haqida intervyu oldik.

- Bahrayn klubiga o'tish qanday amalga oshdi?
- Aslida bir yil oldin ham Bahrayndan qiziqish bo'lgan edi. Biroq O'zbekistonda qolishni afzal bilgandim. Bu yil nihoyat o'zimni xorij klubida sinab ko'rishga qaror qildim.

- Transferning amalga oshishiga kim sababchi bo'ldi?

- Bu transferni amalga oshishida SHohid Tillaboevning xissasi juda katta bo'ldi. SHu kishining say harakatlari tufayli Bahraynning "Al Xala Muharraq" klubiga ko'chib o'tdim.


- Klub haqida nima deya olasiz?
- "Al Hala Muharraq" 1955 yil tashkil topgan klub ekan. O'z vaqtida Bahrayn chempioni bo'lgan, 3 marta Bahrayn Qirol kubogi sohibiga aylangan. Klub haqida har qancha gapirsam ham oz. Bu erda barcha sharoitlar bor, futbolchidan talab qilinadigani faqat maydonga tushib yaxshi futbol namoyish etib berish xolos.

- Bosh murabbiy haqida dastlabki taassurotlaringiz?

- Bosh murabbiyimiz bahraynlik Tariq Faysal, ko'plab jamoalarda ishlagan ekan. O'z paytida Pokiston terma jamoasini boshqargan.

- Til borasida muammo bo'lmayaptimi?

- Yo'q, ustozimiz arab, ingliz va rus tillarini biladi. SHu bois muloqot qilishda qiyinchilik bo'lmayapti.

- Klub safida debyut qildingizmi?

- Ha, 7 fevral kuni "Al Hidd" klubiga qarshi o'yin o'tkazdik. O'z uyimizda omadimiz kelmadi va 0:1 hisobida yutqazib qo'ydik.

- Jamoada boshqa legionerlar bormi?

- Klubda mendan tashqari yana 3 nafar braziliyalik futbolchi bor. Samuel, Silva va Diego. Ularning barchasi bilan tezda chiqishib ketdik.

- Klubingiz Bahrayn chempionatida 10 jamoa orasida oxirgi o'rinda. Maqsad oliy ligada qolish ekanligi aniq.

- To'g'ri oxirgi o'rindamiz. Maqsadimiz tabiiyki oliy ligada qolish. Agar keyingi turda g'alaba qozonsak birdaniga 8-o'ringa chiqib olamiz. Bu safar ham o'z maydonimizda o'ynaymiz.


- Bahrayn chempionati haqida fikringiz qanday?
- Bahrayn oliy ligasida bosim juda katta. Bu erda asosan to'p bilan muomala qilish kerak.

- Agar "Al Xala Muharraq" O'zbekiston oliy ligasida o'ynaganida...

- Menimcha 7-8-o'rinlar uchun kurasha olardi deb o'ylayman. To'g'ri balki "Al Hala Muharraq"ning O'zbekistoning grand klublariga kuchi etmas, ammo qolgan klublar bilan tengma-teng o'ynay oladi.

- Bahrayn issiq mamlakat. Iqlimga moslashib ketdingizmi?

- Hozir bu erda qish mavsumi. SHu bois havo ancha yaxshi. Lekin bahorda juda qattiq issiq bo'lar ekan. SHu bois bo'lsa kerak may oyida chempionat yakuniga etadi. Yoz faslida bu erda futbol o'ynash juda ham qiyin ekan.

- SHaxsan Izzatbek G'anievning bu yilgi maqsadi qanday?

- Mening maqsadim klub g'alabalariga o'z xissamni qo'shish. Bahraynda ko'p yillar davomida faoliyat olib borishni istayman. Bu mamlakat menga yoqdi.

- Bahraynda sizni nima xayron qoldirdi?

- Bahraynda mashg'ulotlar kechki soat 7dan 9gacha bo'lar ekan. Bu men uchun yangilik bo'ldi. Qolgan barchasi deyarli bir xil.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика